Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Saylov yakunlariga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi



Ulashing :


Saylov yakunlariga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida partiyaning saylovlardagi ishtiroki va natijalari yuzasidan brifing tashkil etildi.

Unda partiya raisi Aktam Xaitov O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi parlament quyi palatasida bir mandatli okruglar (majoritar tizim) bo‘yicha 38 ta, yagona saylov okrug (proporsional tizim) bo‘yicha 26 ta, jami 64 ta deputatlik o‘rnini egallaganini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, “Mening tanlovim – obod vatanim” shiori ostida o‘tkazilgan bu yilgi saylovlarda partiyaning saylovgacha amalga oshirgan ishlari haqida ma’lumot berildi. Jumladan, O‘zLiDeP qoshida markaziy, hududiy, tuman va shahar saylovoldi shtablari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, partiya g‘oyalari uyma-uy yurib saylovchilarga yetkazilgani, partiya faollari va volontyorlar tomonidan bezatilgan maxsus avtobus, velosiped va ovoz kuchaytirgichlar (rupor) yordamida partiyaning asosiy maqsad va g‘oyalari targ‘ib qilingani partiya muvaffaqiyatida muhim omil ekani qayd etildi.

Partiya targ‘ibot tadbirlari doirasida elektorat vakillari bilan uchrashuvlarga alohida e’tibor qaratildi. Masalan, Buxoroda tadbirkorlar, Samarqandda mahalliy investorlar, Toshkent viloyatida IT sohasi vakillari va intelektual mulk egalari, Toshkent shahrida noshirlik sohasi vakillari, Andijonda shifokorlar, Namanganda yosh tadbirkorlar, Navoiy va Qashqadaryoda esa sanoat sohasi vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Shuningdek, Farg‘ona, Nukus va Toshkent shaharlarida ommaviy targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, bu yilgi saylovlarda siyosiy partiyalar o‘rtasida debatlarning tashkil qilinishi ham muhim yangiliklardan biri bo‘ldi. Debatlarning jonli tarzda to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga berilgani ham saylovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Brifing yakunida partiya lideri 5 maqsad, 500 vazifadan iborat qator tashabbuslar ijrosi uchun O‘zLiDeP bilan hamkorlikka tayyor bo‘lgan barcha partiyalar bilan birga ishlashga, mavjud masalalarni hal qilishda kuchlarni birlashtirishga tayyor ekanini bildirdi.





Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy

28 10 2024 / 15:19