Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi



Ulashing :


Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
Davlat rahbari AQSH prezidentining e’tibori bilan mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar misli ko‘rilmagan darajada rivojlanganini ta’kidladi.



Bugun, 6 noyabr kuni AQSH Prezidenti saylovi o‘tkazildi va unda Donald Tramp g‘alaba qozondi.
Davlat rahbari Donald Trampni AQSH Prezidenti saylovida g‘alaba qozongani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
"Biz Amerika Qo‘shma Shtatlarining mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan o‘zgarmas pozitsiyasini, ortga qaytmas tus olgan tub islohotlarimizga ko‘rsatib kelayotgan doimiy ko‘magini alohida qadrlaymiz.
Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, aynan Sizning ilk prezidentlik davringizda, 2018 yil may oyida Oq uyda o‘tkazgan sermahsul muzokaralarimizdan keyin O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikning yangi davri boshlangan edi.
Sizning shaxsiy e’tiboringiz bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib, o‘zaro ishonch, hurmat va bir-birini qo‘llab-quvvatlashga asoslangan siyosiy muloqotlarimiz yanada mustahkamlandi, savdo-iqtisodiy, xavfsizlik, harbiy-texnikaviy va gumanitar aloqalar jadallashdi.
Shuningdek, “S5+1” platformasi va “Markaziy Osiyo davlatlari bilan AQSH o‘rtasida savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli Bitimi” doirasida mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish tarafdorimiz.
Ishonchim komilki, kelgusida Afg‘onistonda barqaror tinchlikni ta’minlash va uning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo‘shish o‘zaro hamkorligimizning ajralmas qismiga aylanadi.
Uzoq muddatli va keng qamrovli munosabatlarimizni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida Siz, Janobi Oliylarining O‘zbekistonga rasmiy tashrifingizni kutib qolamiz",- deydi Mirziyoyev.


Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy

07 11 2024 / 12:28