RISE Research
tadqiqoti natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston kriptoaktivlarni qabul qilish
bo‘yicha global indeksda Markaziy Osiyo va Kavkazda birinchi o‘rinni
egallab turibdi. 2023-yili yarim mln fuqaro kriptoaktivlarga egalik qilgan, kriptoindustriyadagi
provayderlarning aylanmasi esa mlrd dollardan oshgan.
O‘zbekiston kriptoaktivlarni qabul qilish bo‘yicha global indeksda Markaziy
Osiyo va Kavkazda birinchi, dunyoda esa 33-o‘rinni egallab turibdi.
Bu RISE Research kompaniyasi tomonidan Freedom Horizons bilan hamkorlikda
KPMG Caucasus and Central Asia, Heemera, “Astana” xalqaro moliya markazi,
Qozog‘iston Milliy to‘lov korporatsiyasi va Mastercard ishtirokida
o‘tkazilgan raqamli moliyaviy aktivlar (RMA) bozorini o‘rganish bo‘yicha
tadqiqotlar natijalaridan kelib
chiqadi.