Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Toshkent viloyatida yangi qishloq xo‘jaligi imkoniyatlari: Gilos va uzum yetishtirishda zamonaviy yondashuv



Ulashing :


Toshkent viloyatida yangi qishloq xo‘jaligi imkoniyatlari: Gilos va uzum yetishtirishda zamonaviy yondashuv

📍Qishloq xo‘jaligi sohasida yangi loyihalarni rivojlantirish maqsadida Toshkent viloyatida bo‘lib turgan qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Ohangaron tumanidagi Ubayt MFYda 32 gektarlik yer maydonini ko‘zdan kechirdi. Ushbu hududda gilosning Italiyadan olib kelinishi ko‘zda tutilgan “Pokermo” navini yetishtirish rejalashtirilmoqda.

🔝Bu navning asosiy afzalligi – uning eksportga mosligi va qayta ishlash imkoniyatidan kelib chiqib, qo‘shimcha qiymat zanjirini shakllantirishga xizmat qilishidir. Yetishtirilgan mahsulot mahalliy va xalqaro bozorlarda yuqori talabga ega bo‘lishi kutilmoqda.

📌Vazir shuningdek, adirlikdan iborat yana bir 28 gektarlik yer maydonini ham ko‘zdan kechirdi. Bu maydonda zamonaviy uzumzorlar barpo etish rejalari ko‘rib chiqilmoqda. Uzum yetishtirishda innovatsion texnologiyalarni joriy qilish orqali hosildorlikni oshirish va eksport hajmini ko‘paytirish maqsad qilingan.

🔴Bundan tashqari, hududdagi yana bir 50 gektarlik yer maydonida ham “Pokermo” navli gilos plantatsiyasini yaratish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilmoqda. Ushbu hududlarda yangi texnologiyalar asosida agroklaster tashkil etish orqali hosildorlikni sezilarli darajada oshirish, shu bilan birga, eksportbop mahsulot yetishtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

✅Vazir tashrif davomida, tumandagi Shodmalik MFYdagi yangi uzumzorlar barpo etish va gilos yetishtirish uchun ajratilgan 143 gektarlik yer maydoni bilan ham yaqindan tanishdi. Aytish mumkinki, avvallari mazkur yerlarda samaradorligi past bo‘lgan ekin turlari ekilgan. Natijadorlik esa, mutlaqo qoniqarsiz edi.





Sarlavxa :
Iqtisodiyot

11 12 2024 / 17:21