Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazida Turkiyalik hamkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi



Ulashing :


Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazida Turkiyalik hamkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2025 yilning 3 fevral kuni O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazida O‘zbekiston Iqtisodchilar uyushmasi vakillari ishtirokida Turkiyaning “INTERNOVA Group Tarimkent” kompaniyasi raisi Ahmet Melih TEKİN boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuvbo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi hududida, dastlab Toshkent viloyatining Bekobod, Ohangaron, Bo‘ka tumanlari hamda Jizzax viloyatining Zomin tumani hududida “yashil iqtisodiyot” tamoyillariga asoslangan insonlar yashashi uchun barcha qulayliklarga ega “aqlli shahar” barpo etish loyihasini amalga oshirish masalasi yuzasidan muzokora olib borildi.

Turkiya delegatsiyasining ma’lumotiga ko‘ra, Loyihaning eng muhim yangiligi shundaki, foydali va dekorativ ijtimoiy maydonlarni o‘z ichiga olgan yashil gorizontal arxitekturaga asoslangan villalar va uylarga qo‘yilgan sarmoyaviy kapital uzoq yillar davomida emas, balki 5-10 yil ichida sarflangan moliyaviy mablag‘ni qaytaradigan davomiylikka ega bo‘ladi.

Bir vaqtning o‘zida qo‘shimcha daromad bilan ta’minlash orqali passiv dehqonchilik va chorvachilik sohasida korporativ operatsion tizimda ishtirok etish; Ushbu loyihaning eng muhim qiymati marketing tizimi bilan to‘g‘ri xaridorlarga erisha olish va u beradigan daromaddan foyda olishdir.

Loyihaga ko‘ra “aqlli shahar”ning “yashil hudud”ida yetishtiriladigan meva-sabzavot hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarini o‘rganish bo‘yicha chuqur marketing tadqiqotlarini o‘tkazish va buning asosida tarmoqni o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishga ko‘maklashish imkoni yaratiladi.

Meva-sabzavot, go‘sht-sut va boshqa qishloq xo‘jalik oziq-ovqat xom ashyosini qayta ishlash bo‘yicha yuqori unumli zamonaviy innovatsiyali texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, ushbu maqsadlar uchun avvalo, xorijiy investorlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarini jalb etish mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston tomonidan taklif etilayotgan texnologiyalar mamlakatimizning ishbilarmon doiralari vakillarida ham katta qiziqish uyg‘otib, Respublikaning ishbilarmonlik muhiti salohiyati yuksalib borayotgani, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi innovatsiyalar va yashil texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

O‘zaro muzokaralarning yakunida O‘zbekiston tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi va Turkiyaning “INTERNOVA Group Tarimkent” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolanildi.

Umuman olganda, ushbu ikki tomonlama muzokaralar iliq va do‘stona ruhda bo‘lib o‘tdi. Bu o‘z navbatida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish, xususan har xil turdagi chiqindilarni qayta ishlashda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish uchun dasturul-amal bo‘lib xizmat qiladi.

J.Nematillayev,

O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni

qo‘llab-quvvatlash markazi bosh mutaxassisi





Sarlavxa :
Iqtisodiyot

04 02 2025 / 14:07