Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

O‘zbekiston va Xalqaro moliya korporatsiyasi investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlaydi



Ulashing :


O‘zbekiston va Xalqaro moliya korporatsiyasi investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlaydi

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK)ning Turkiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Vibke Shlomer boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, mamlakatda DXSH dasturlari asosida amalga oshirilayotgan loyihalar, hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish va yerlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, energetika, yashil rivojlanish, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi hamda yer resurslaridan foydalanish sohalarida hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralar davomida XMK vakillari davlat-xususiy sheriklikni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirib, investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berdi. Shuningdek, davlat ishtirokidagi banklarni transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishdi.

N.Ziyodullayeva,

O‘zA


Sarlavxa :
Iqtisodiyot

10 02 2025 / 16:52