Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol normalari har 3 yilda qayta ko‘rib chiqiladi



Ulashing :


Oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol normalari har 3 yilda qayta ko‘rib chiqiladi

“Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-1023-son, 03.02.2025 y.) qabul qilindi.

⚡️ Qonun oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

✔️ Qonun aholining oziqlik qimmatiga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan xavfsiz ovqatlanishini ta’minlashga, samarali bozor mexanizmlarini shakllantirish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosini ishlab chiqarishga nisbatan tatbiq etiladi.

🏢 Vazirlar Mahkamasi oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi hamda O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi yuzaga kelganda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tezkor chora-tadbirlarni belgilaydi.

📝 Qishloq xo‘jaligi vazirligi oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

📁 Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning maqsadi mamlakat aholisining ijtimoiy ahamiyatga molik asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosini ishlab chiqarish hisobiga qanoatlantirishdan iborat.

🗓 Oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol normalari mamlakatning demografik, ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlariga asosan har 3 yilda qayta ko‘rib chiqiladi.


Sarlavxa :
Iqtisodiyot

13 02 2025 / 12:01