O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy, siyosiy
va iqtisodiy rivojlanish sohalaridagi strategik tahlil va tadqiqot qilish
faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-467-son qarori ijrosini samarali tashkil etish
hamda mamlakatda tahlil va tadqiqot faoliyatini amalga oshirish uchun
qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1.
Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha
muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) huzurida
alohida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash
jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin.
2.
Belgilansinki, Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va
taraqqiyot jamg‘armasida alohida ochilgan hisobraqamlarda jamlanadi va
Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilangan tartibda sarflanadi.
3.
Belgilansinki:
a)
quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
O‘zbekiston
Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 25 million AQSh dollari
miqdoridagi bir martalik beg‘araz to‘lovi;
xalqaro,
xorijiy va mahalliy tashkilotlarning grantlari va homiylik mablag‘lari;
Jamg‘armaning
vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan
tushadigan daromadlar;
qonunchilik
hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
b)
Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarga yo‘naltiriladi:
Muvofiqlashtiruvchi
kengashning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirish;
tahliliy
materiallarni tayyorlash va tadqiqotlarni o‘tkazish uchun grantlar ajratish;
ekspertlik,
tadqiqotga oid va boshqa xizmatlarni ko‘rsatuvchi mahalliy va xorijiy jismoniy
va yuridik shaxslar xizmat haqi uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
tahlil
va tadqiqot yo‘nalishida tuzilgan vaqtinchalik loyiha guruhlari faoliyatini
moliyalashtirish;
ijtimoiy
so‘rovlar va jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlarni amalga
oshirish;
tahlilchilar
va mutaxassislarni o‘qitish va ularning malakasini oshirish;
nashrlar,
adabiyotlar, ma’lumotlar bazalari va tadqiqotlar natijalarini tayyorlash va
xarid qilish hamda ularga obuna bo‘lish;
ilmiy-tadqiqot
sohasidagi konferensiyalar va boshqa tadbirlarni tashkil qilish hamda ularning
ishida ishtirok etish xarajatlarini to‘lash;
Muvofiqlashtiruvchi
kengashning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha boshqa xarajatlarni
qoplash.
Jamg‘arma
mablag‘lari maqsadli va samarali sarflanishi ustidan nazorat
Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan amalga oshiriladi.
4.
Jamg‘armaning moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida Muvofiqlashtiruvchi
kengashga quyidagilarga ruxsat berilsin:
Jamg‘arma
mablag‘larini milliy va xorijiy valyutalarda bank depozitlariga joylashtirish;
grantlar
va beg‘araz texnik ko‘mak vositalarini jalb qilish;
jismoniy
va yuridik shaxslarga to‘lov asosida tadqiqotlar natijalari va ma’lumotlar
bazalaridan foydalanish hamda tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatlarini
berish.
5.
Muvofiqlashtiruvchi kengash (S. Umurzakov) bir oy muddatda Jamg‘arma
mablag‘larini boshqarish va ulardan foydalanish tartibini tasdiqlasin.
6.
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining maslahatchisi S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent
sh.,
2025-yil
10-fevral,
PQ-48-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 07/25/48/0128-son)
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
27 02 2025 / 10:50