«Moliya mutaxassislari forumi – 2025»da O‘zbekistondagi moliya sohasi kasblari kelajagi muhokama qilindi
Joriy 28 fevral kuni Toshkentda O‘zLiDeP Ijroiya qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston sertifikatlangan moliya mutaxassislari uyushmasi (ACFP) tashabbusi bilan Moliya sohasidagi mutaxassislar forumi bo‘lib o‘tdi, unda moliya-iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislarning kasbiy malaka tizimini rivojlantirish bo‘yicha O‘zLiDeP siyosati konsepsiyasi taqdim etildi.
Konsepsiyaning asosiy maqsadi xalqaro professional makonga integratsiyalashgan moliya sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, baholash va sertifikatlashning kompleks milliy tizimini yaratishdan iborat. Bu milliy sertifikatlar xalqaro tashkilotlar tomonidan, xalqaro malakalar esa milliy tizim tomonidan e’tirof etilganda malakalarning o‘zaro tan olinishini ta’minlash imkonini beradi.
"Bugungi kunda iqtisodiyot, ayniqsa, ikkita toifadagi moliya sohasidagi mutaxassislarga – mikro- va kichik biznes uchun autsorsing bo‘yicha mutaxassislarga, shuningdek, o‘rta va yirik biznes uchun yuqori malakali kadrlarga ehtiyoj sezmoqda," - deya ta’kidladi O‘zLiDeP vakillari Konsepsiya taqdimoti chog‘ida.
Forumda professional standartlarni yangilash, ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va moliya sohasidagi mutaxassislarni sertifikatlashning samarali tizimini yaratish masalalari muhokama qilindi. Xalqaro integratsiyalashuvga va O‘zbekiston malakalarining tan olinishiga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda vazirliklar, xalqaro professional tashkilotlar, mamlakatning yetakchi oliy o‘quv yurtlari va ta’lim markazlari vakillari ishtirok etdi.
Forum doirasida milliy sertifikatlashtirish va professional ta’lim tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha muhokamalar ham bo‘lib o‘tdi. Ekspertlar xalqaro malaka dasturlarini joriy etish va mutaxassislarni ko‘p tilli tayyorlash bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
O‘zLiDeP moliya sohasidagi kasblarni rivojlantirish yuzasidan tizimli o‘zgarishlar tashabbuskori rolini o‘z zimmasiga olmoqda. Partiya qonunchilik bazasini kompleks yangilash tashabbusi bilan chiqmoqda, professional va ta’lim standartlarini modernizatsiya qilishga, professional sertifikatlashning samarali tizimini yaratishga ko‘maklashadi.
Forum O‘zbekistonda moliya sohasidagi kasblarni rivojlantirishda muhim bosqich bo‘ldi va barcha manfaatdor tomonlar o‘rtasida yanada konstruktiv muloqot uchun zamin yaratdi.
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
04 03 2025 / 12:34