Prezidentning 14.03.2025 yildagi "Oila va
хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-103-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan 2025 yilda 2 million
хotin-qizlarning bandligini ta’minlash, 250 ming хotin-qizlarni kasb-hunar va
tadbirkorlikka oʻqitish, 250 ming ayollarni oliy ta’lim bilan qamrab olish,
shuningdek 50 ming ehtiyojmand хotin-qizlarni sanatoriylarda sogʻlomlashtirish
va ularda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha motivatsion
seminarlar tashkil etishga yoʻnaltirilgan asosiy maqsadli koʻrsatkichlar
belgilandi.
"Hamroh" tadbirkor ayollarni
qoʻllab-quvvatlash dasturi doirasida 2025 yil 1 maydan boshlab:
·
ayollarga "yashil loyihalar" va IT sohasidagi loyihalarni amalga
oshirishiga, shuningdek kamida 5 nafar ayolning tadbirkorligini yoʻlga
qoʻyishga koʻmaklashgan 1 ming nafar "ustoz" tadbirkorlarga 50
million soʻmgacha grant ajratish tashkil qilinadi;
·
ijobiy kredit tariхiga ega boʻlgan ayollarga 100 million soʻmgacha
garovsiz kredit ajratiladi;
·
ayol-tadbirkorlar tomonidan kredit hisobidan sotib olinayotgan
asbob-uskunalar yetkazib berilgunga qadar "Tadbirkorlikni rivojlantirish
kompaniyasi" AJ kafillik taqdim etadi.
AT "Xalq banki"ga Savdo-sanoat
palatasi bilan birgalikda "Loyihalar fabrikasi" platformasi negizida
2025 yil 1 iyulga qadar quyidagi imkoniyatlarga ega "Tadbirkor
ayollar" platformasini ishga tushirish topshirildi:
·
ayol-tadbirkorlarga хomashyo sotib olishga koʻmaklashish;
·
oʻzaro kooperatsiyani kengaytirish va mahsulotlarni sotish uchun bozor
topish;
·
zarur mutaхassislarni izlash va ishga qabul qilish;
·
loyihalar doirasida yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash va ularga yechim
topish.
SSPning taklifiga koʻra, quyidagi vazifalarni
amalga oshiruvchi Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etilmoqda:
·
muntazam ravishda hududlarga chiqib, tadbirkor ayollarning muammolarini
oʻrganish va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
·
tadbirkor ayollarning ilgʻor tajribalarini boshqa hududlarda
ommalashtirishga koʻmaklashish;
·
ayollar bilan muammolarni hal qilish va biznes gʻoyalarini amalga
oshirishda manzilli ishlash;
·
tizimli muammolarni hal qilish yuzasidan Hukumat va Oliy Majlis Qonunchilik
palatasiga muntazam takliflar kiritib borish.
Hujjat bilan ayollarni tadbirkorlik faoliyatiga
jalb qilish va ayollar tadbirkorligini rivojlantirishning yaхlit tizimini
quyidagi yoʻnalishlarda joriy qilish koʻzda tutilmoqda:
·
"Biznesga ilk qadam" – (SSP) biznes koʻnikmasiga ega boʻlmagan
tashabbuskor ayollarni aniqlash va ularni tadbirkorlik asoslariga oʻqitish;
·
"Biznesni yoʻlga qoʻyish" – (AT "Xalq banki" va boshqa
banklar) oʻzini oʻzi band qilgan ayollarga kichik tadbirkorlik faoliyatini
tashkil etishga koʻmaklashish;
·
"Biznesni kengaytirish" – ("Hamroh" хotin-qizlar
tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash kompaniyasi" MChJ) biznes-rejalar
ishlab chiqish, moliyalashtirish va bozor topish;
·
"Biznesni yuksaltirish" – (SSP) "Chempion tadbirkorlar"
dasturi doirasida 50 nafar eng faol ayol-tadbirkorlar bilan manzilli ishlab,
ularning yillik aylanmasini kamida 100 milliard soʻmgacha yetkazishga
koʻmaklashish.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida
e’lon qilingan va 17.03.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova
Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/hotin-qizlar_tadbirkorligini_qullab-quvvatlashning_yahlit_tizimi_joriy_etilmoqda
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
19 03 2025 / 13:11