"Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qaroriga
sharh.
Ma’lumki, bugungi kunda O‘zbekistonda yashayotgan har
bir oila farofon turmush kechirishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan davrdir.
Ayniqsa, oila bekasi bo‘lmish har bir ayol uchun yaratilgan
shart-sharoitlar chin ma’noda baxtiyor, chiroyli va farovon turmushining asosiy
poydevori bo‘lib xizmat qilayotganining barchamiz guvohimiz. Zero, xotin-qizlar
hamisha har qachongidan ham yanada kuchli hurmat va ehtiromdadirlar. Ayniqsa
davlatimizning Konstitutsiya va qonunlari himoyasida, barcha huquq va
erkinliklari qonunlar bilan himoya qilinmoqda.
"O‘zbekiston – 2030" strategiyasi doirasida
xotin-qizlarning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy faolligini oshirish, onalik va
bolalikni himoya qilish, gender tenglikni qaror toptirish, ayollarning huquq va
manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda. Quvonarlisi, bu islohotlar o‘z natijasini bermoqda. Jumladan,
bugungi kunda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 35 foizga,
tadbirkorlik sohasida 45 foizga, siyosiy partiyalar tarkibida esa 49 foizga
yetdi. Vazir va vazirga tenglashtirilgan lavozimlarda xotin-qizlar ulushi 2018
yilda qariyb 3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, o‘tgan davrda ikki yarim barobar
oshib, 7,7 foizga yetgani e’tiborli. Vazirlik va idoralardagi xodimlarning 49
foizi xotin-qizlardir.
Shuningdek, xotin-qizlarimiz tibbiyot sohasida 75
foiz, ta’lim sohasida 71 foiz, iqtisodiyot va sanoat sohasida 47 foiz, qishloq
xo‘jaligi sohasida 43 foizni tashkil etmoqda.
Ushbu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar izchil davom
ettirilib, kelgusida vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklarda gender
tenglikni ta’minlash, xodimlar sonida xotin-qizlarning ulushini, rahbarlikka
tayinlash bo‘yicha ishlar samaradorligini yanada oshirishga muhim masalalardan
biri sifatida e’tibor qaratilmoqda.
Shunday islohotlar bilan birga 2025 yil 14
martdagi "Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident [103-son]
qarori yana ham yuqori bosqichga ko‘targan amaliy va huquqiy asos bo‘ldi.
Qarorga ko‘ra, 2025 yilda xotin-qizlarni
qo‘llab-quvvatlashning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar
belgilandi:
Birinchidan, 2 million nafar xotin-qizlarning
bandligini ta’minlanishi uchun barcha hududlarda yana ham ishlar jonlantirib
yuborilishiga ham asos , ham qat’iy talab qo‘yilgani barcha mutasaddi mas’ul
kishilarni aholi bilan yaqinlashishiga chorlaydi.
Ikkinchidan, 250 ming nafar xotin-qizlarni kasb-hunar
va tadbirkorlikka o‘qitish ham hech bir oila va uning a’zolarini jamiyatdan
uzilib, o‘z dardi bilan yashashga qo‘ymay, faollikka va tadbirkorlikka
chorlagan qarordir.
Bunda e’tiborli jihati, "HAMROH" tadbirkor
ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida 2025 yil 1 maydan:
xotin-qizlarga "yashil loyihalar" va IT sohasidagi loyihalarni amalga
oshirishiga, shuningdek, kamida 5 nafar xotin-qizning tadbirkorligini yo‘lga
qo‘yishga ko‘maklashgan 1 ming nafar "ustoz" tadbirkorlarga 50
million so‘mgacha grant ajratish yo‘lga qo‘yilishi, ijobiy kredit tarixiga ega
bo‘lgan xotin-qizlarga 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratilishi, ayol
tadbirkorlar tomonidan kredit hisobidan sotib olinayotgan asbob-uskunalar
yetkazib berilgunga qadar "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi"
AJ tomonidan kafillik taqdim etilishi yo‘lga qo‘yilishi eng katta qadam va
imtiyozdir.
Uchinchidan, 250 ming nafar xotin-qizlarni oliy
ta’lim bilan qamrab olinishi, har bir xonadondagi ayollarimiz,
qizlarimizni ziyo va ma’rifatli jamiyatning ufurini his etishga undaydi.
Men shu o‘rinda mazkur sohada ayrim imtiyozlarni ham
eslatib o‘tishni joiz deb bildim.
Jumladan, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti
laureatlari
Prezidentning 1999 yil 10 iyundagi [PF-2326-son]
farmoni bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’lim, fan, adabiyot,
madaniyat, san’at, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga
erishgan o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga
beriladi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari bo‘lgan
o‘quvchilar OTMlarning bakalavriatiga, bakalavriat talabalari esa
magistraturasiga tegishli yo‘nalish va ixtisoslik bo‘yicha kirish sinovlarisiz
davlat grantlari asosida qabul qilinadi.
Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar
va musobaqalar g‘oliblari
Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi
[226-son] qarori bilan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar,
musobaqalar, nomdor stipendiyalar g‘oliblari bo‘lgan bitiruvchilarga ham
imtiyozlar berilgan.
Xalqaro va milliy miqyosdagi tanlov va musobaqalar,
respublika olimpiadalarining g‘oliblariga berilgan guvohnomalar asosida test
sinovisiz hamda qo‘shimcha imtihonsiz (o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha) OTMlarning
ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilinadi.
Prezident davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan talabalar
bakalavriatni tugatgandan so‘ng 2 yil mobaynida, nomli davlat stipendiyalari
sohibi bo‘lgan talabalar bakalavriatni tugatganidan so‘ng 1 yil mobaynida
tegishli mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha
davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
"Nihol" mukofoti sovrindorlari
Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 9 avgustdagi [169-son]
qaroriga muvofiq, jami beshta nominatsiya — estrada, musiqa, mumtoz qo‘shiq,
opera ijrochiligi va raqs san’ati bo‘yicha tanlovlar g‘oliblariga
"Nihol" mukofoti beriladi.
"Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti
sovrindorlari tanlovda ishtirok etmaydi.
"Nihol" mukofotiga sazovor bo‘lgan yoshlar
madaniyat, san’at yo‘nalishidagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga
imtiyozli ravishda qabul qilinadi (ansambl, jamoa sifatida ishtirok etganlar
bundan mustasno), mamlakatning atoqli san’atkorlaridan saboq olish imkoniyatiga
ega bo‘ladi.
Badiiy akademiyaning tasviriy san’at bo‘yicha
respublika tanlovi g‘oliblari
Prezidentning 2020 yil 21 apreldagi [PQ-4688-son]
qaroriga asosan badiiy akademiyaning tasviriy san’at bo‘yicha respublika
tanlovi g‘oliblariga oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun imtiyoz
beriladi.
"Yilning eng yaxshi
tarbiyachisi" respublika tanlovi g‘oliblari
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi [468-son]
qarori bilan "Yilning eng yaxshi tarbiyachisi" respublika tanlovi
g‘oliblariga davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga imtihonsiz kirishda
imtiyoz beriladi.
"Hamshira" respublika tanlovi
g‘oliblari
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi [393-son]
qaroriga ko‘ra, tibbiyot muassasalari hamshiralarining "Hamshira"
respublika tanlovi g‘oliblari oliy ta’lim muassasalariga, mos ta’lim
yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy
(ijodiy) imtihon, yozma imtihon)siz davlat grantlari asosida qabul qilinadi.
To‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar
Prezidentning 2021 yil 9 avgustdagi [PQ-5216-son]
qarori asosida oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning
umumiy sonidan "Mehribonlik" uyi va Bolalar shaharchasining
bitiruvchilari, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari
bitiruvchilari, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga
olingan (patronat) yetim bolalar (yigirma besh yoshga to‘lmagan) chin yetimlar
uchun qo‘shimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalari
ajratiladi.
Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi davlat
namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega bo‘lgan
abituriyentlar
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi [393-son]
qarori bilan Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish
darajasi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi malaka
sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatni
qabul jarayonida taqdim etganda oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining
kirish test sinovlari fanlar majmuasiga chet tili fani kiritilgan
yo‘nalishlarda mos chet tili fanidan belgilangan maksimal ball beriladi va ular
chet tili fanidan test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshirmaydi.
Xalqaro imtihon tizimlari sertifikatlariga ega
abituriyentlar
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi [468-son]
qaroriga ko‘ra, ilg‘or xalqaro imtihon tizimlari (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT
General, SAT Subject va hokazo) sertifikatlariga ega bo‘lgan abituriyentlarga
o‘qishga kirishda mazkur fan doirasida testdan ozod etiladi va maksimal ball
beriladi.
Kollej yoki texnikumdagi mutaxassisligi bo‘yicha
5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar
Vazirlar Mahkamasining 9 iyundagi [322-sonli] qaroriga
muvofiq, kollej yoki texnikum diplomidagi mutaxassisligi bo‘yicha 5 yil ish
stajiga ega xotin-qizlar kontrakt asosida OTMga qabul qilinadi. Bunda
tavsiyanomaga ega abituriyentlar orasida alohida test o‘tkaziladi, ular
orasidan yuqori ball to‘plagan 500 nafarigina OTMga kira oladi. Ehtiyojmand
xotin-qizlar uchun tavsiyanoma
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 iyundagi [402-son]
qarori bilan Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomasiga ega
ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun OTMga kirishda qo‘shimcha 4 foizli
grant ajratiladi.
Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish
stajiga ega abituriyentlar
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 noyabrdagi [675-son]
qarori bilan kamida 5 yil ish stajiga ega fuqarolarga suhbat natijalariga ko‘ra
tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma
beriladi.
Profilaktika inspektorlari
Prezidentning 2021 yil 30 noyabrdagi [PQ-23-son]
qaroriga muvofiq, 2022/2023 o‘quv yilidan ichki ishlar organlarida 3 yildan
ortiq ish stajiga ega bo‘lgan, kasbiga fidoyi, tashabbuskor profilaktika
(katta) inspektorlari quyidagi OTMga kirish imtihonlarisiz sirtqi ta’lim shakliga
o‘qishga qabul qilinadi:
• Jamoat xavfsizligi universitetiga;
• Toshkent davlat yuridik universitetiga;
• yurisprudensiya sohasida bakalavriat ta’lim
yo‘nalishi mavjud bo‘lgan boshqa davlat OTMga (Jahon iqtisodiyoti va
diplomatiya universiteti, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi hamda Davlat
bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bundan mustasno).
"Vatan tayanchi" harakatining faol
a’zolari
Prezidentning 2022 yil 2 martdagi [PQ-150-son] qarori
asosida Mudofaa vazirligi huzurida "Vatan tayanchi" bolalar va
o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati, maktablarda esa uning otryadlari
tashkil etiladi. Unga ihtiyoriy ravishda a’zo bo‘lgan 10−11-sinf o‘quvchilari
orasidan bir nafariga OTMga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma
beriladi. Bunda uning harakat faoliyatidagi ishtiroki va maktabdagi baholari
inobatga olinadi.
"Temurbeklar maktabi" bitiruvchilari
"Temurbeklar maktabi" bitiruvchilariga oliy
harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda yakka
tartibdagi yakuniy suhbat yoki test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30
foizi miqdorida, respublikaning boshqa oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga
kirishda esa to‘plagan ballarning 15 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar
beriladi. "Temurbeklar maktabi"ni imtiyozli diplom bilan tugatgan
bitiruvchilar oliy harbiy yoki ixtisoslashtirilgan bilim yurtlariga test
sinovlarsiz, harbiy-kasbiy saralash tadbirlari asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Harbiy-musiqa litseyi bitiruvchilari
Harbiy-musiqa akademik litseyi bitiruvchilari oliy
harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda testda o‘zlari to‘plagan
ballarning 30 foizi miqdorida, respublikaning boshqa davlat oliy ta’lim
muassasalariga o‘qishga kirishda esa o‘zlari to‘plagan ballarning 15 foizi
miqdorida qo‘shimcha ballar beriladi.
Ishoqxon Ibrat nomidagi maktab-internat
bitiruvchilari
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Ishoqxon
Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatning butun
o‘qish davrini a’lo baholarga o‘qigan bitiruvchilari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
vazirligi tavsiyasiga asosan xorijiy til va adabiyoti, filologiya va tillarni
o‘qitish ta’lim yo‘nalishlariga imtihonsiz grant asosida o‘qishga qabul
qilinadi.
Shuningdek, mazkur qarorga ko‘ra, 50 ming nafar
ehtiyojmand xotin-qizlarni sanatoriylarda sog‘lomlashtirish haqida hamxo‘rlik,
insonparvarlikning ma’naviy va huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishi bilan muhim
qarorligini isbotlaydi.
Albatta qaror xotin-qizlarimizni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani muhim bo‘lgani kabi, uni keng jamoatchilikka
yetkazish ham barchamiz uchun ham qarz, ham farz deb bilaman.
Firuza Muxitdinova, professor (TDYUU)
УзАdan
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
14 04 2025 / 10:23