Konferensiyaning o‘tkazish sanasi va joyi: 17 aprel 2025 yil, O‘zLiDeP majlislar zali
Konferensiyaning mavzusi: “Davlat-xususiy sheriklikni tashkil qilish va
rivojlantirishning dolzarb masalalari”
Konferensiyaning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida
2024-2030 yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
2024 yil 30 avgustdagi PQ-308-son qarori, Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik sohasini
yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
2024 yil 30 oktyabrdagi 720-son qaroriga muvofiq
Xususiy sektorning tajriba va resurslaridan foydalangan holda, Hukumat muhim infratuzilma
va xizmatlarni etkazib berishni tezlashtirmoqda, shu bilan birga xavflarni bo‘lishib,
o‘sish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. O‘zbekiston xorijiy investitsiyalarni
jalb qilish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va davlat xizmatlarini ko‘rsatishni
yaxshilash bo‘yicha qator sohalarda amalga oshirayotgan DXSH loyihalarini ko‘paytirish,
davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor
vazifalarni izchil amalga oshirishda mavjud ilmiy va amaliy imkoniyatlarni keng
jalb qilish orqali taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Konferensiya tashkilotchilari.
O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi va Tadbirkorlar
va ishbilarmonlar harakati-O‘zLiDeP Siyosiy kengashi Ijroiya qo‘mitasi, O‘zbekiston
Liberal-demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi.
Konferensiya ishtirokchilari.
Deputatlar, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, iqtisodchilar,
tadbirkorlar, fermerlar, investorlar, nodavlat va notijorat tashkilotlar, chet el
kapitali ishtirokidagi korxonalar va sohaga aloqador tashkilotlar.
Konferensiya materiallari.
Ishtirokchilar tomonidan avval taqdim etilgan ma’ruzalar
to‘plam sifatida chop etilgan holda konferensiya kuni tarqatiladi.
Konferensiya sho‘‘balari.
Davlat-xususiy sheriklikning asosiy yo‘nalishlari – ta’lim, sog‘liqni saqlash,
sanoat, kommunal xizmatlar ko‘rsatish, transport, qishloq xo‘jaligi kabi sohalar
bo‘yicha sho‘‘balar faoliyat ko‘rsatadi. SHo‘‘balarda har bir ishtirokchi taqdim etilgan tezislari bilan quyidagi yo‘nalishlar asosida muhokamalarda ishtirok
etishi mumkin.
-Davlat-xususiy sheriklikning
tashkil qilinishining ob’ektiv zarurati;
-Davlat-xususiy sheriklikdan manfaatdor sub’ektlarning o‘zaro bog‘liqligi;
-Davlat-xususiy sheriklikning
asosiy prinsiplari;
-O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalarni
jalb qilish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va davlat xizmatlarini ko‘rsatishni
yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari
haqida;
-Davlat-xususiy sheriklikni
amalga oshiradigan sohalar (ta’lim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, logistika, transport, sanoat, uy-joy
kommunal xo‘jaligi va h.k.);
-Davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirishda moliyaviy xatarlar va foydalarni taqsimlash;
-iqtisodiyotda xususiy sektorning rolini oshirish.
Konferensiyaga taklif
qilinganlar. O‘zbekiston
Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish Departamenti,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy
ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va
maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat
boshqaruvi akademiyasi, “Biznesni rivojlantirish banki”, O‘zbekiston
Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Fermerlar kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi,
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi
vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi YOshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston
Savdo-sanoat palatasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent davlat
agrar universiteti, O‘zbekistondagi xalqaro tashkilotlar vakillari va boshqalar.
Tezislar o‘zbek, rus va ingliz tillarida
taqdim etilishi mumkin. Ularning hajmi 3 betga qadar bo‘lishi lozim hamda MS
Word (RTF) formatida, Times New
Roman shriftida. 14 hajm kattalikda, 1,5
intervalda yoziladi. Qatorlar ketma-ketligida ma’ruza mavzusi, muallif nomi, ish
joyi va lavozimi, matn yoziladi. Taklif va tavsiyalar maqola so‘ngida ajratib ko‘rsatilishi
tavsiya etiladi.
Ma’ruzalar matni bir nusxa qog‘ozda va elektron shaklda O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash
markaziga 2025 yil 10 aprelgacha taqdim etilishi lozim.
Mazmunan va
texnik talablarga javob bermaydigan tezislar to‘plamga kiritilmaydi, chop etilmaydi
va muallifga qaytarib berilmaydi.
TASHKILIY QO‘MITA
Tashkiliy
qo‘mita manzili: 100015, Toshkent
sh. Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 77-uy
O‘zbekiston
Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi
Telefonlar: 71-255-08-21, +998
77 422 77 81
e-mail: tf.markaz@mail.ru
telegramm: +998 90 045 77 81
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
15 04 2025 / 15:33