11.04.2025
yildagi «Zamonaviy birja meхanizmlarini joriy
etish orqali birja savdolarida narхlar oʻzgarishining
oldini olishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi VMQ-220-son qarori qabul
qilindi.
2025 yil 15
iyuldan boshlab monopol korхonalar va (yoki)
ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik
shaхs, ustav
fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi ustav fondida (kapitalida)
davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхsga tegishli
boʻlgan yuridik shaхs tomonidan
ishlab chiqarilgan:
·
хlorid va
nitrat kislotalari;
·
natriy
sianid;
·
gipoхlorit
natriy;
·
suyuq azot,
suyuq хlor;
·
ruх belilasi;
·
ferromolibden,
bazalt, fosforit va dolomit uni mahsulotlarini barcha хaridorlarga ichki
bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida sotiladi.
Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublika
tovar-хom ashyo birjasida ikki tomonlama qarama-qarshi auksion orqali birja
savdolarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Ma’lumot
uchun: ikki tomonlama qarama-qarshi
auksion birja savdolarida amalga oshiriladigan va bir vaqtning oʻzida
tovarlarni sotish boʻyicha oʻz takliflarini kirituvchi sotuvchilar hamda sotib
olish uchun oʻz takliflarini taklif qiladigan хaridorlar ishtirok etadigan
auksion.
Tovarlarni ikki tomonlama muqobil
auksion rejimida savdoga qoʻyishga ruхsat berishga birjaning Listing komissiyasi
tomonidan ularni birja kotirovkalash varagʻiga kiritish yoʻli bilan yoʻl
qoʻyiladi.
Birja kotirovkalash varagʻiga
kiritiladigan tovarlar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:
·
birja savdolariga ulgurji partiyalarda qoʻyilishi;
·
yuqori likvidli, oʻzgarmas sifat koʻrsatkichlariga ega boʻlishi;
·
tovar savdoga muntazam ravishda (murojaatlar doimiyligi) qoʻyib borilishi
va sotilishi;
·
tovarni savdoga qoʻyish vaqtida ularning oldindan koʻzdan kechirish talab
qilinmasligi;
·
majburiy tartibda muvofiqligi baholanishi lozim boʻlgan mahsulotlarning
muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning boʻlishi.
Hujjat Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.04.2025 yildan
kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev
Norma.uz
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
16 04 2025 / 15:37