Vazirlar Mahkamasining 14.04.2025 yildagi «Qayta
tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish kengaytirilishi hamda «yashil
moliyalashtirish» meхanizmlarining takomillashtirilishi munosabati bilan
«Yashil energiya» sertifikatlarini berish va muomalaga kiritish tartibi
toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida»gi 225-son qarori qabul qilindi.
Qoʻshimchalarga muvofiq, generatsiya ob’yektini
roʻyхatdan oʻtkazganlik uchun Markaziy bankning
rasmiy kursi boʻyicha milliy valyutada quyidagi miqdorlarda bir martalik yigʻim
undiriladi:
·
quvvati 1 MVt gacha boʻlgan generatsiya ob’yektlari uchun – 100 yevro;
·
quvvati 1 MVtdan 5 MVtgacha boʻlgan generatsiya ob’yektlari uchun – 500
yevro;
·
quvvati 5 MVtdan 10 MVtgacha boʻlgan generatsiya ob’yektlari uchun – 1000
yevro;
·
quvvati 10 MVtdan 50 MVtgacha boʻlgan generatsiya ob’yektlari uchun – 1 500
yevro;
·
quvvati 50 MVtdan yuqori boʻlgan generatsiya ob’yektlari uchun – 2 000
yevro.
Sertifikatlarni chiqarish uchun ariza beriladi
va quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
·
yagona elektr energetikasi tarmogʻiga uzatilgan elektr uchun:
o
CCD04 shakldagi toʻldirilgan va imzolangan soʻrovnoma (generatsiya ob’yekti
yoki ob’yektlari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori,
ishtirokchi nomi);
o
korхonaning umumiy faoliyati toʻgʻrisida
ma’lumotlar;
o
elektr energiyasi ishlab chiqarish davomiyligi va uning hajmi (kVt.s);
o
generatsiya ob’yektlarida elektr energiyasini ishlab chiqarish holati
"Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ
("Oʻzenergosotish" AJ yoki "Xududiy elektr tarmoqlari" AJ)
tomonidan tasdiqlangan hujjat;
o
sertifikat chiqarish uchun moʻljallangan registrantning ishtirokchi
akkaunti ma’lumotlari;
·
toʻgʻridan-toʻgʻri soʻnggi foydalanuvchiga uzatilgan elektr uchun:
o
CCD04 shakldagi toʻldirilgan va imzolangan soʻrovnoma;
o
korхonaning umumiy faoliyati toʻgʻrisida
ma’lumotlar;
o
elektr energiyasi ishlab chiqarish davomiyligi va uning hajmi (kVt.s);
o
elektr energiyasini toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilgan soʻnggi foydalanuvchi
va generatsiya ob’yekti egasi tomonidan tuzilgan muayyan davrda uzatilgan
elektr hajmini tasdiqlovchi dalolatnoma;
o
sertifikat chiqarish uchun moʻljallangan registrantning ishtirokchi
akkaunti ma’lumotlari;
o
generatsiya ob’yektlarida elektr energiyasini ishlab chiqarish holati
boʻyicha elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning
avtomatlashtirilgan tizimidan olingan va elektr energiyasini sotib oluvchi
tomonidan tasdiqlangan hujjat.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida
e’lon qilingan va 16.07.2025 yildan kuchga kiradi.
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
16 04 2025 / 15:45