2025 yil uchun
xususiylashtirish dasturi belgilandi.
“2025 yil uchun
xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida” gi Prezident Farmoni (PF-70-son,
21.04.2025 y.) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2025 yilda
xususiylashtirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar
belgilandi:
-30 trillion soʻmlik davlat
aktivlari va yer uchastkalarini sotish va kamida 10 trillion soʻm tushumni
taʼminlash;
-davlat va davlat
ishtirokidagi korxonalarga tegishli 115 ta jamiyat ustav kapitalidagi
ulushlarni, 659 ta koʻchmas mulk obʼektini va 6,1 ming gektar yer
uchastkalarini savdoga chiqarish;
-dastlabki bosqichda kamida 30
ta foydali qazilma kon va uchastkalaridan foydalanish huquqini savdoga
chiqarish.
Shuningdek, 2030
yil 1 yanvargacha davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishga moratoriy
joriy qilinadi.
Maydoni 10 ming metr
kvadratgacha boʻlgan davlat mulki obʼektlari yuqori texnologiyali mahsulot
ishlab chiqaradigan tadbirkorlarga 5 yil muddatga toʻgʻridan-toʻgʻri tekin
foydalanishga beriladi hamda shartnoma shartlari bajarilgan taqdirda ushbu
tadbirkorlarga baholangan qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri sotiladi.
Boshlangʻich narxini
bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi qoʻllangandan keyin ham 1 yildan ortiq
muddatda sotilmagan va xaridorlar uchun jozibador boʻlmagan koʻchmas mulk
obʼektlari boshqa yuridik shaxslarning ustav kapitaliga ulush sifatida
kiritiladi.
Bozorlar va savdo
majmualari ustav kapitalida mahalliy davlat hokimiyati organlarining majburiy
ishtirok etishi toʻgʻrisidagi talab bekor qilinadi.
2030 yil qadar davlat
ishtirokida korxona tashkil etishga moratoriy joriy qilindi.
UzAuto Motors, UMS, issiqlik
elektr stansiyalari kabi 29 ta yirik davlat korxonalari xalqaro ochiq
savdolarga olib chiqiladi.
Bu haqda "Davlat
ishtirokidagi yirik korxonalarni xalqaro bozorlarda xususiylashtirish
toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-145-son, 21.04.2025 y.) qabul qilindi.
29 ta davlat ishtirokidagi
yirik korxona ustav kapitalidagi aksiyalar paketini (ulushlarni) nufuzli
xalqaro professional konsultantlarni jalb qilgan holda ommaviy savdolarga
chiqariladi.
Davlat mulkini ijaraga berish
tartibini takomillashtirish maqsadida:
- ijara shartnomasi tuzilgan
kundan ijaraga oluvchi tomonidan yillik ijara toʻlovlari 1 oy davomida
toʻlangan taqdirda, unga yillik ijara summasidan mazkur shartnoma tuzilgan
sanadagi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida chegirma beriladi;
-6 oy davomida elektron onlayn
auksion savdolarida ijaraga berilmagan obʼektlarning boshlangʻich narxi 50 foiz
pasaytirilgan qiymatda belgilanadi. Bunda boshlangʻich narx pasaytirilganda ham
ijaraga berilmasa, ushbu auksion unda 1 ishtirokchi qatnashgan taqdirda ham,
istisno tariqasida, oʻtkazilgan deb hisoblanadi.
2025 yil 1 iyuldan
Savdo-sanoat palatasining hududiy boʻlinmalariga “Davlat mulki” axborot tizimi
orqali davlat va davlat ishtirokidagi korxonalar koʻchmas mulk obʼektlarini
sotish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish
boʻyicha ariza berish huquqi beriladi.
Tadbirkorlarni (jumladan,
davlat ishtirokidagi korxonalarni) tugatish toʻgʻrisida roʻyxatdan oʻtkazuvchi
organ xabardor qilingan sanadan ularning moliya-xoʻjalik faoliyati toʻxtatiladi
hamda yer soligʻi, mol-mulk soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun
soliq, shuningdek, barcha turdagi soliq va yigʻimlar boʻyicha penyalarni
hisoblab yozish, dividendlar hisoblash taqiqlanadi.
2025 yil 1 oktabrdan egasiz
koʻchmas mulk obʼektlarini davlat mulki obʼekti sifatida davlat roʻyxatiga
olish boʻyicha murojaatlar tegishli sudga Davlat aktivlari agentligi tomonidan
kiritiladi.
https://platina.uz/
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
23 04 2025 / 11:46