“O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori va uning rivojlanish istiqbollari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi va Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan joriy yil 1 may kuni soat 11-00 da “O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori va uning rivojlanish istiqbollari” mavzusida Davra suhbati tashkil qilindi.
Ushbu tadbirni «Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini muhokama qilish hamda tegishli fikr-mulohaza va takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish maqsadida o‘tkazildi.
Mazkur Qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 martdagi PQ–101-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning V bo‘limi 5-bandida belgilangan riyeltorlik sohasidagi eng yaxshi xalqaro tajribani o‘rgangan holda, sohaning o‘zini-o‘zi boshqarish mexanizmlarini hamda huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, riyeltorlik xizmatlari sifatini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markaziga «Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi, uni huquqiy ahamiyati va amaliyotda joriy etish kabi masalalar yuzasidan ko‘plab murojaatlar kelib tushdi. Shu nuqtai-nazardan mazkur tadbirni o‘tkazish ayni paytda muhim sanaladi.
Davra suhbatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Iqtisodiyot va moliya, Adliya vazirliklari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi vakillari, sohada faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Iqtisodiyot va moliya, Adliya vazirliklari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi, O‘zbekiston Rieltorlik tashkilotlari uyushmasi va Rieltorlik Gildiyasi vakillari, rieltorlik tashkilotlari mutaxassilari mutaxassilari sohada faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar va boshqalar ishtirok etishdi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan "Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida"gi yangi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilingan Mazkur loyiha bo‘yicha har tomonlama muhokama o‘tkazish va yakuniy tahriri yuzasidan takliflar tayyorlash maqsadida ushbu davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida muhokama qilingan asosiy masalalar: Qonun loyihasining asosiy qoidalari, riyeltorlik faoliyatini tartibga solishning amaliy jihatlari, Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziyalash mexanizmi, riyeltorlik xizmatlari iste’molchilari huquqlarini himoya qilish, kasbiy standartlarni joriy etish va bozor subyektlarining javobgarligi masalalari muhokama qilindi.
Davra suhbati ishtirokchilari tomonidan Qonun loyihasining yangi tahriri muhokama qilish va mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartarf etish uchun fikr-mulohaza, taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. O‘zbekistonda Rietorlik faoliyati va manfaatdor davlat hamda jamoat tashkilotlari takliflarini tahliliy nuqtai-nazaridan ishlab chiqish, O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozorini qonunchilik orqali samarali tartibga solish orqali barcha ishtirokchilarning huquqlarini himoya qiluvchi ko‘chmas mulk bozorini rivojlantirish va takomillashtirish muhokama qilindi.
Davra suhbati yakunida mutasaddi tashkilotlar vakillari Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun loyihasining tegishli bandlariga nisbatan o‘z fikr-mulohaza va takliflarni bildirib o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan o‘rganib chiqqan holda, Parlament muhokamasiga kiritish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosaga kelindi.
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
02 05 2025 / 14:30