Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Mamlakatimizda seysmik xavfsizlikni kuchaytirish: sohani rivojlantirish uchun ilmiy-innovatsion yondoshuvlar



Ulashing :


Mamlakatimizda seysmik xavfsizlikni kuchaytirish: sohani rivojlantirish uchun ilmiy-innovatsion yondoshuvlar

Joriy yil 13 may kuni Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev seysmik xavfsizlikni kuchaytirish chora-tadbirlariga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari qurilishda sifat va xavfsizlik birinchi o‘rinda ekanini ta’kidlab, bu yo‘nalishlarni ilmiy rivojlantirish, sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda qurilish-bunyodkorlik ko‘lami sezilarli ravishda kengayib bormoqda. 2017 yildan buyon joylarda 11 ming 410 ta ko‘p qavatli uylar qurilgan. Bu aholini turar joy bilan yetarlicha ta’minlash, turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Bino va inshootlarning xavfsiz tarzdagi qurilish asoslaridan biri bo‘lgan seysmologiya sohasiga ham e’tibor qaratilmoqda. Bu borada xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlik qilib, innovatsion texnologiyalarni tatbiq etishga e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, davlatimiz ko‘p jabhalarda tashabbuskor hamdir.

Eslab o‘tish joizki, 1966 yil 26 aprelda Toshkent shahrida vayronkor zilzila sodir bo‘lgan. O‘zbekiston Prezidenti zilzila qurbonlariga hurmat ko‘rsatish va bu borada xalqaro hamkorlik zarurligini eslatish maqsadida xotira va birdamlik kunini ta’sis etish tashabbusini ilgari surgan edi. Buning e’tirofi o‘laroq, yaqinda BMT Bosh Assambleyasi 29 aprelni Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni, deb e’lon qilish to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qildi.

Bu sohada xalqaro standartlarga mos bo‘lish uchun davlatimiz rahbari yangi qurilayotgan uylarning sifatiga e’tiborni kuchaytirish vazifasini qo‘ygan edi. Shunga muvofiq, ko‘p qavatli uylarning zilzilaga bardoshliligini oshirish va aholining seysmik xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Jumladan, davlat loyiha institutlari mutaxassislari ishtirokida joylarda o‘rganishlar o‘tkazildi. Ushbu o‘rganish natijalari va hududlarning seysmik holati tahlili asosida bu tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, xorijiy mutaxassislar jalb qilingan holda, binolarni o‘rganish bo‘yicha yangi amaliyot yo‘lga qo‘yiladi. Zilzilaga va boshqa tabiiy ofatlarga bardoshli uylarni qurish bo‘yicha tajriba almashish kengaytiriladi. Binolar instrumental texnik tekshiruvdan o‘tkazilib, kamchiliklar bartaraf etiladi.

Ushbu o‘rganishlar va xorijiy tajriba asosida, seysmik xavfni, ta’sirni va xatarni baholash yuzasidan me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan taqdimot yakunlari bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilindi:

· zilzilaga va boshqa tabiiy ofatlarga bardoshli uylarni qurish bo‘yicha tajriba almashish kengaytiriladi;

· binolar instrumental texnik tekshiruvdan o‘tkazilib, kamchiliklar bartaraf etiladi;

ushbu o‘rganishlar va xorijiy tajriba asosida, seysmik xavfni, ta’sirni va xatarni baholash yuzasidan me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Yulduzoy Mamadiyorova,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi





Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy

15 05 2025 / 17:55