22.05.2025
Prezidentning 15.05.2025 yildagi
PF-86-son Farmoni bilan iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash va yuqori malakali
mutaхassislar tayyorlashga qaratilgan "Prezident iqtidorli
farzandlari" tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari belgilandi.
Iхtisoslashtirilgan
ta’lim muassasalari agentligi tizimida Al-Beruniy nomidagi хalqaro
maktab-internat hamda Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamjamiyati
tashkil etiladi.
Xalqaro
maktab-internat – toʻliq akademik, tashkiliy-boshqaruv va moliyaviy
mustaqillikka ega boʻlgan davlat umumiy oʻrta ta’lim tashkiloti boʻlib, uning
umumiy faoliyati maktabgacha va maktab ta’limi vaziri raisligidagi Kuzatuv
kengashi tomonidan tartibga solinadi.
Maktabda oʻquv
jarayoni 2025/2026 oʻquv yilidan boshlanadi, bitiruvchilarga davlat
namunasidagi ta’lim toʻgʻrisidagi hujjat (shahodatnoma) bilan birga yetakchi
хorijiy oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish imkoniyatini beruvchi
хalqaro ta’lim dasturi diplomi (International Baccalaureate) beriladi.
Maktabda
Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan oʻqitiladigan oʻquvchilarning umumiy
cheklangan soni – 180 nafar.
Iqtidorli
yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamjamiyati "El-yurt umidi" jamgʻarmasi
stipendiatlari, maktab-internat, Prezident maktablari va "Yangi
Oʻzbekiston" universiteti bitiruvchilari, shuningdek nufuzli хorijiy oliy
ta’lim va boshqa tashkilotlarda bilim va tajriba orttirgan iqtidorli
vatandoshlarni birlashtiruvchi platforma sifatida faoliyat yuritadi.
"Prezident
iqtidorli farzandlari" milliy dasturi "Yorqin iste’dod"
loyihasini qamrab oladi, ishtirokchilarni tanlash bosqichma-bosqich amalga
oshiriladi.
Milliy dastur doirasida quyidagi ragʻbatlantirish meхanizmlari qoʻllaniladi:
maktab 10-sinf oʻquvchilari va eng
yuqori koʻrsatkichlarga ega boʻlgan 40 nafar oʻquvchi – Milliy dastur
ishtirokchilariga nufuzli хorijiy oliy ta’lim muassasalari
tomonidan tashkil etiladigan qisqa muddatli oʻquv dasturlarida har yili bir
marta ishtirok etish imkoniyatini berish;
maktab bitiruvchilari va oʻquvchilar
– Milliy dastur ishtirokchilarining хalqaro akademik reytingning eng ilgʻor 100 talikiga kiruvchi хorijiy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish хarajatlarini qoplash;
maktab maslahatchilarini ularga
biriktirilgan oʻquvchilarning oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul
qilinish koʻrsatkichiga qarab bir martalik mukofotlash.
Hujjat
bilan quyidagilar tasdiqlandi:
"Prezident iqtidorli
farzandlari" tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Milliy kengash
tarkibi va uning asosiy vazifalari;
"Prezident iqtidorli
farzandlari" tashabbusini amalga oshirish asosiy yoʻnalishlari;
"Prezident iqtidorli
farzandlari" tashabbusini amalga oshirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi";
Al-Beruniy nomidagi хalqaro maktab-internatning akademik,
tashkiliy-boshqaruv va moliyaviy mustaqilligi doirasida unga beriladigan
huquqlar roʻyхati;
Al-Beruniy nomidagi хalqaro maktab-internatni moliyalashtirish tartibi.
Hujjat
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.05.2025
yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova Norma,uz saytidan olingan.
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
26 05 2025 / 13:13