26.05.2025
“O‘zbekiston qayta
sug‘urta kompaniyasi” milliy qayta sug‘urta tashkiloti tashkil etiladi.
U sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq barcha qayta
sug‘urta qilish turlarini amalga oshiradi.
КириллчадаBugun, 10:56 Jamiyat
23-may kuni “Mamlakatimizda
qayta sug‘urta tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi prezident qarori [PQ-191-son] qabul qilindi. Bu haqda Adliya
vazirligi xabar qildi.
Qarorga ko‘ra, qayta sug‘urta
tizimini 2025-yilda yanada takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib
quyidagilar belgilandi:
· milliy qayta sug‘urta bozori hajmini 4 trln so‘mga
yetkazish;
· qayta sug‘urta xizmatlari eksportini kamida 30 foizga
oshirish;
· xalqaro hamkorlikni kengaytirish va qayta sug‘urta
sohasiga jalb qilinadigan investitsiyalar hajmini 150,0 mlrd so‘mgacha
oshirish.
Qarorga ko‘ra, “O‘zbekiston
qayta sug‘urta kompaniyasi” milliy qayta sug‘urta tashkiloti tashkil etiladi
va uning faoliyati asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi,
jumladan:
· sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq
barcha qayta sug‘urta qilish turlarini amalga oshirish;
· xorijiy va mahalliy investorlarning respublika
iqtisodiyotiga kiritadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va portfel
investitsiyalarining hamda investitsiya loyihalari bo‘yicha
tavakkalchiliklarning kompleks qayta sug‘urta himoyasini ta’minlash.
Nurullox Sh, gazeta.uz saytidan
olingan
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
26 05 2025 / 13:32