26.05.2025
26 may kuni Pekin shahrida Xitoy Kommunistik partiyasi
hamda qo‘shni mamlakatlar siyosiy partiyalari o‘rtasidagi Muloqot forumining ochilish
marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zLiDeP delegatsiyasi a’zolari ham ishtirok etdi.
Forumda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi
Aktam Xaitov nutq so‘zladi. Partiya yetakchisi bugungi kunda O‘zbekistonda
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ochiq, amaliy va pragmatik tashqi
siyosat olib borilayotgani, xususan, Xitoy bilan do‘stona va o‘zaro manfaatli
aloqalarni mustahkamlashga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidlab o‘tdi.
Forum doirasida “O‘zgarayotgan dunyodagi Osiyo” mavzusidagi
sessiya tashkil etildi. Sessiyada geosiyosiy o‘zgarishlar, iqtisodiy
transformatsiya va Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama
qilindi.
Mazkur tadbir partiyalararo aloqalarni mustahkamlash, mintaqaviy
yaqinlashuv va doimiy muloqotni ta’minlashda muhim qadam bo‘ldi.
@uzlidep telegram sahifasidan olindi
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
27 05 2025 / 11:49