Paxta va g‘allachilikda yuqori
ko‘rsatkichlarga ega xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni qo‘shimcha
rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi e’lon qilindi.
Nizom 2025 yil hosilidan boshlab har
yili paxtadan 50 sentner/gektar, g‘alladan 80 sentner/gektardan yuqori hosil
olganini soliq hisobotlarida aks ettirgan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq
xo‘jaligi korxonalariga kelgusi yilda ijaraga olingan jami yer maydonining 25
foiziga almashlab ekish usulida chorva uchun ozuqa, sabzavot, poliz, kartoshka,
moyli va dukkakli ekinlarni ekish (joylashtirish) tartibini belgilaydi.
Har bir tumanda tuman (Quvasoy shahar)
hokimligi tomonidan yuqori hosildorlikka erishgan qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqaruvchilarni rag‘batlantirishga ko‘maklashuvchi tuman (Quvasoy shahar)
ishchi guruhi namunaviy tarkibda tuziladi.
Yuqori hosildorlikka erishgan qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari manzilli ro‘yxatga kiritish to‘g‘risida har
kalendar yilning 20 dekabriga qadar ishchi guruhga elektron yoki yozma shaklda
ariza bilan topshirilgan mahsulot hisob-fakturasi, soliq va statistika
hisobotlarining tasdiqlangan nusxalarini ilova qilgan holda murojaat qiladi.
Ishchi guruh uch ish kunida
quyidagilarni o‘rganib chiqadi:
Paxta
va g‘alla hosili elektron tarozi orqali qabul qilingani;
Yuqori
hosildorlik elektron hisob-faktura orqali tasdiqlangani;
Yuqori
hosildorlik soliq va statistika hisobotlarida aks ettirilgani;
Hisobot
va ko‘rsatkichlarning haqqoniyligi.
Ishchi guruh har kalendar yilning 25
dekabriga qadar yuqori hosildorlikka erishgan qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqaruvchilari manzilli ro‘yxatini shakllantiradi.
Quyidagi hollarda yuqori hosildorlikka
erishgan talabgorlarning manzilli ro‘yxatga kiritish to‘g‘risidagi murojaatlari
rad qilinadi:
Paxta
va g‘alla hosili elektron tarozi orqali qabul qilinmaganda;
Yuqori
hosildorlik elektron hisob-faktura orqali tasdiqlanmaganda;
Yuqori
hosildorlik soliq hisobotlarida aks ettirilmaganda;
Korxona
va tashkilotlarning yagona davlat registri ma’lumotlar bazasida murojaat qilgan
xo‘jalik yurituvchi sub’yekt faol holatda emasligi;
Yuqori
hosildorlikka hisobotlarga qo‘shib yozish yoki ikki va undan ortiq ishlab
chiqaruvchilar ko‘rsatkichlarini sun’iy birlashtirish orqali yohud boshqa
g‘ayriqonuniy harakat natijasida erishilgan bo‘lsa.
Tasdiqlangan manzilli ro‘yxat ishchi
guruh tomonidan har kalendar yilning 31 dekabriga qadar tuman hokimligiga
kiritiladi.
Tuman hokimligi manzilli ro‘yxatdagi qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari jami yer maydonining 25 foiziga almashlab
ekish usulida paxta va g‘alladan boshqa ekinlarni joylashtirish bo‘yicha
takliflarni tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi, tuman suv
yetkazib berish xizmati, fermerlar kengashi tomonidan ko‘rib chiqilishini
ta’minlaydi.
Bunda, yuqori hosildorlikka erishgan
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari jami yer maydonining 25 foiziga
almashlab ekish usulida chorva uchun ozuqa, sabzavot, poliz, kartoshka, moyli
va dukkakli ekinlarni ekish (joylashtirish) mumkin.
Yerning meliorativ holatining
yomonlashishiga, shuningdek suv ta’minoti yomon yerlarga ko‘p suv talab
etiladigan ekinlarni joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Rag‘batlantirish imtiyozi bir kalendar
yil uchun amal qiladi va keyingi yil uchun qayta ariza bilan murojaat qilinadi.
Kun.uz saytidan olindi.
Sarlavxa :
Markaz faoliyatiga oid
28 05 2025 / 10:38