28.05.2025
Avval xabar berganimizdek, O‘zLiDeP delegatsiyasi
Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib, qator uchrashuvlarni o‘tkazyapti.
Tashrif doirasida O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya
qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi
Markaziy qo‘mitasi Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri Lyu Szyanchao bilan
uchrashdi.
Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining Xitoy
Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Farhod Arziyev ham ishtirok
etdi.
Muloqotda Xitoy bilan ko‘p qirrali munosabatlarni
rivojlantirish O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan
biri bo‘lib kelgani, bularning barchasi ikki mamlakatlar rahbarlari Shavkat
Mirziyoyev va Si Szinpin o‘rtasidagi ishonchli muloqot, shuningdek davlat
rahbarlari ishtirokidagi muntazam sammitlar samarasi ekanligi alohida e’tirof
etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida
parlamentlararo va partiyalararo aloqalar yanada mustahkamlanib borayotgani
ta’kidlandi. Xususan,
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi va Xitoy Kommunistik partiyasi
o‘rtasida imzolangan O‘zaro anglashuv memorandumi hamkorlikni sifat jihatidan
yangi bosqichga olib chiqqani aytib o‘tildi.
Uchrashuv ko‘tarinki va konstruktiv ruhda o‘tdi.
@uzlidep telegram
sahifasidan olindi.
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
28 05 2025 / 11:43