Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Italiya bilan hamkorlik – tadbirkorlarimiz uchun Yevropa Ittifoqi bozoriga chiqish imkoniyatini yanada oshiradi



Ulashing :


Samarqand shahridagi Kongress markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Melonining yuzma-yuz hamda rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda 2023 yil iyun oyida Rim shahrida o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Keyingi yillarda tovar ayirboshlash hajmi, shu jumladan yetkazib berilayotgan mahsulotlar turining kengaygani hisobiga qariyb 3 barobar oshdi. Savdo sohasida biznesga texnik ko‘mak dasturlarini kengaytirishga kelishib olindi. Yevropa Ittifoqi bozoriga chiqish uchun o‘zbekistonlik eksportchilarni o‘qitish, Toshkentda qo‘shma Sertifikatlash markazini tashkil etish, Muvofiqlikni baholash to‘g‘risidagi bitimni qabul qilishni tezlashtirish shular jumlasidan.

Davlatimiz rahbari Italiyaning yetakchi kompaniyalari bilan Texnologik sheriklik dasturini ishga tushirishni taklif qildi. Xususiy tadbirkorlikning innovatsion loyihalari, o‘ta muhim minerallar va qishloq xo‘jaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash, avtomobilsozlik uchun butlovchi qismlar, elektrotexnika, energetika, oziq-ovqat, farmatsevtika, qurilish sanoatida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarish, to‘qimachilik, charm, mebelsozlik va boshqa tarmoqlar uchun dizayn markazlarini tashkil etish ustuvor yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.

O‘zLiDeP Yevropaning eng rivojlangan mamlakatlaridan biri bo‘lgan – Italiya bilan yo‘lga qo‘yilgan mustahkam hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu hamkorlik mamlakatimizdagi ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlarimiz uchun Yevropa Ittifoqi bozoriga chiqish imkoniyatlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.

@a_xaitov rasmiy kanalidan olindi.


Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy

02 06 2025 / 10:51