Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Samarqandda O‘zbekiston - Xitoy hududlararo ikkinchi forumi boshlandi



Ulashing :


2.06.2025

Ayni payt Samarqand shahridagi “Silk Road Samarkand” xalqaro turizm markazida o‘zaro strategik sheriklikni mustahkamlash, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish hamda sarmoya va ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirishga qaratilgan O‘zbekiston - Xitoy hududlararo ikkinchi forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Anjumanda 1500 dan ziyod ishtirokchi, jumladan ikki mamlakat ishbilarmon doiralari, hukumatlar, viloyatlar hokimliklari, shuningdek fan va ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etyapti.

Forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad yangi qo‘shma loyihalarni muhokama qilish va ishga tushirish, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni kengaytirish uchun barqaror platforma yaratishdir.

Anjuman doirasida qator kelishuvlar imzolanishi, yangi investitsiya loyihalari ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

UzA rasmiy kanalidan olindi.





Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy

03 06 2025 / 12:13