Toshkentda Agrobank tomonidan amalga oshirilayotgan — “Agrobooks”
loyihasi doirasida “Suv kitob” to‘plami taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Agrobank
tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasini moliyaviy va ilmiy jihatdan
qo‘llab-quvvatlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib
kelinmoqda.
Xususan,
bank o‘zining “Ekotizim”ini shakllantirib, agrar sohani rivojlantirishga
qaratilgan qator istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etmoqda. Shu yo‘nalishdagi
muhim tashabbuslardan biri — “Agrobooks” loyihasi bo‘lib, u fermerlar va soha
mutaxassislariga amaliy ko‘mak hamda ilmiy-metodik materiallar taqdim etishni
maqsad qiladi.
Navbatdagi
loyiha sifatida Agrobank tomonidan Suv xo‘jaligi vazirligi va “Toshkent
irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”
milliy-tadqiqot universiteti hamkorligida “Suv kitob” metodik to‘plami
yaratildi.
Suvdan
oqilona foydalanishga oid 30 ta metodik qo‘llanmani o‘z ichiga olgan ushbu to‘plamni
yaratishda Xitoy va Turkiya kabi davlatlarning ilg‘or amaliyotlari o‘rganilgan
hamda 50 nafar professor va mutaxassislar ishtirok etgan.
Mazkur
metodik to‘plamlarda zamonaviy sug‘orish texnologiyalari, avtomatlashtirilgan
tizimlar, ekinlarni sug‘orish me’yorlari va suvdan samarali foydalanish
bo‘yicha amaliy tavsiyalar jamlangan.
- Suv tanqisligi bugun o‘ylashga majbur qiladigan
masalaga aylandi, - deydi
Suv
xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Temur Butunbayev. - Suvning qadrini yo‘qotayotgan “Suv tekin”
tushunchasining oqibatlarini o‘ylashning o‘zi qo‘rqinchli. Ushbu loyihaning
asosiy maqsadi suvdan foydalanuvchilar ongida “Suv tekin emas” degan fikrni
shakllantirish, suv resurslaridan oqilona
foydalanish madaniyatini oshirish va hosildorlikni yuksaltirishga xizmat
qiluvchi bilimlarni ommalashtirishdan iborat.
Fermer
va dehqonlar uchun to‘plamning video va audio shakldagi talqinlari ham
tayyorlangan bo‘lib, videodarslar “Fermerlar maktabi” platformasiga
joylashtirilgan.
To‘plam
yil yakuniga qadar bosma va elektron shaklda barcha fermer va dehqonlarga bepul
tarqatiladi. Global iqlim o‘zgarishi va aholi sonining ortishi tufayli suv
resurslariga bo‘lgan ehtiyoj tobora oshib borayotgan bugungi sharoitda “Suv
kitob” to‘plami mamlakatimizda suv xo‘jaligini ilmiy asosda rivojlantirish,
shuningdek amaliy bilimlar orqali fermerlar faoliyatini yanada samarali tashkil
etishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Agrobank
suv xo‘jaligi sohasini moliyaviy va ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni izchil davom
ettiradi.
Sh.Mamaturopova,
O'zA saytidan olingan
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
03 06 2025 / 12:27