Joriy yil
18 may kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 75-sessiyasining
navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir kun tartibiga birinchi masala sifatida O‘zbekiston tomonidan taklif
etilgan Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar
hududiga aylantirish to‘g‘risidagi rezolyutsiya loyihasini ko‘rib chiqish
kiritilgan edi.
Ushbu
rezolyutsiyani ishlab chiqish va qabul qilish tashabbusi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yil sentyabr oyida
BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan.
Hujjat
BMTga a’zo barcha davlatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Hujjatga
dunyoning turli mintaqalaridagi 60 ga yaqin davlat, shu jumladan Rossiya,
Xitoy, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston, Turkiya, Yaponiya,
Pokiston, Eron Hindiston, Misr, Malayziya, Singapur, Vetnam, Bangladesh,
Iordaniya, O‘mon, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Vengriya, Ruminiya, Jazoir,
Paragvay va boshqa mamlakatlar hammualliflik qilishdi.
UzA dan
olindi
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
19 05 2021 / 12:07