Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

“Eksport 3 qadam” tizimi orqali janubda qancha mahsulot eksport qilindi?



Ulashing :


“Eksport 3 qadam” tizimi orqali janubda qancha mahsulot eksport qilindi?

Bugungi kunda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish, ularga qulay shart-sharoit yaratish va eksport salohiyatini oshirish maqsadida mamlakatimizda izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Tadbirkorlarning murojaatlari o‘rganilib, muammolariga amaliy yechim topilmoqda.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi viloyat hokimligi hamda viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi hamkorligida “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida tadbirkorlar hamda bojxona rasmiylashtiruvi mutaxassislari uchun davra suhbati tashkil etdi.

Bojxona boshqarmasi mutasaddilari, o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha mutaxassislar, tuman, shahar hokimliklarining investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etgan tadbirda viloyatning eksport salohiyatini oshirish, eksport faoliyatini samarali tashkil etish va uning tartib-qoidalari, bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonlari, fitosanitar nazorat talablari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Mavjud imtiyoz va qulayliklar, shuningdek, “Eksport 3 qadamda” tizimining afzalliklari to‘g‘risida fikr almashdi. Hududlarda joriy yilgi investitsiya loyihalarining o‘zlashtirilishi muhokama etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yil viloyatda 73 ta loyiha doirasida 1,3 milliard dollar miqdoridagi xorij investitsiyasini jalb etish rejalashtirilgan. Yilning o‘tgan davrida 296,4 million AQSH dollari qiymadagi investitsiya o‘zlashtirildi.

“Eksport 3 qadam” tizimi orqali besh oyda xorijga qiymati 180 million dollarlik 136 ming tonna mahsulot eksport qilindi. Uning 170 million dollar qiymatidagi 117 ming tonnasi meva-sabzavot mahsulotlaridir.

Davra suhbatida tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri





Sarlavxa :
Iqtisodiyot

12 06 2025 / 12:54