O‘zbekiston
Savdo-sanoat palatasi, mamlakatimizning Pokistondagi elchixonasi hamda Karachi
Savdo-sanoat palatasi hamkorligida Pokistonning yirik iqtisodiy markazi –
Karachi shahridagi “Made in Uzbekistan” savdo uyida biznes-forum bo‘lib
o‘tdi.
Tadbirda
O‘zbekistondan 30 dan ziyod tadbirkorlar ishtirok etib, o‘z mahsulotlari,
xizmatlari hamda investitsiyaviy takliflarini taqdim etdilar. Forumda
Pokistonning turli iqtisodiy sohalarini qamrab olgan ishbilarmon doiralar
vakillari ham faol ishtirok etdi.
Forum
doirasida O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati, investitsiya muhiti, eksport
imkoniyatlari hamda logistika sohasidagi ustunliklar haqida keng qamrovli
taqdimot o‘tkazildi. Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar,
chet el sarmoyadorlari uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar tadbir
ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Biznes-forum
yakunida O‘zbekiston va Pokiston tadbirkorlari o‘rtasida B2B
muloqotlar tashkil etildi. Ushbu uchrashuvlarda to‘qimachilik,
charm-poyabzal, tibbiyot uskunalari hamda qurilish kabi sohalarda istiqbolli
hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek,
ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash,
qo‘shma korxonalar tashkil etish, eksport-import operatsiyalarini amalga
oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
SSP Matbuot xizmati
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
30 06 2025 / 13:41