Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining startap g‘oyalarini amalga oshirish uchun 100 mlrd so‘m ajratiladi



Ulashing :


O‘zbekiston sun’iy intellektning milliy modelini ishlab chiqadi, maktab o‘quvchilari va talabalar esa BAA dasturi doirasida SI bo‘yicha treningdan o‘tadi. Venchur moliyalashtirishni 1 mlrd dollargacha kengaytirish rejalashtirilmoqda. O‘quvchilarning startap g‘oyalari uchun 100 mlrd so‘m ajratiladi.

O‘zbekistonda “qadriyatlarimiz va madaniyatimiz”ni aks ettiruvchi sun’iy apitalt milliy modelini ishlab chiqish boshlandi, dedi apitalt Shavkat Mirziyoyev 30-iyun kuni yoshlar bilan uchrashuvda.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, u boy tarixiy meros va zamonaviy yondashuvlarni o‘zida mujassamlashtirib, yoshlarda yangi ijodiy g‘oyalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Avvalroq, api til modelini (Large Language Model, LLM — tahr.) o‘rgatish uchun matnlar korpusi yig‘ila boshlagani xabar qilingandi. Bu ishga fintex sohasi kompaniyalari, jumladan, TBC Bank va Uzum ham qo‘shilgan.

Bank va moliya sektorlari, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va energetika sun’iy intellektni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi — bu sohalarda 100 ta loyiha amalga oshiriladi.

BAA bilan hamkorlikda “Sun’iy apitalt sohasida bir million yetakchi” dasturi yo‘lga qo‘yilmoqda. Prezident bu rejalarni Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham tilga olgan va O‘zbekistonni nufuzli IT va Fintech habga aylantirish rejalariga urg‘u bergandi. Joriy yilda AI Study platformasi orqali kamida 100 ming yoshni SI texnologiyasi bo‘yicha o‘qitish rejalashtirilmoqda.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Massachusets texnologiya institutining (MIT) sun’iy apitalt bo‘yicha ta’lim platformasi asosida o‘quv dasturlarini yangilaydi.

Bu yil Yangi O‘zbekiston universitetida har bir hududdan 100 nafardan informatika o‘qituvchisi (mamlakatda 19,5 ming informatika o‘qituvchisi ishlaydi) malaka oshiradi. Keyin esa mentor sifatida kaskad tizimida ikki yil davomida o‘z hududlarida boshqa informatika o‘qituvchilarini o‘qitadi. Shu tariqa besh yil ichida barcha maktab bitiruvchilari sun’iy apitalt sohasida yetarli bilimga ega bo‘ladi, deyiladi xabarda.

“Raqamli avlod qizlari” tanlovi doirasida talaba va o‘quvchilarning ta’lim, sun’iy apitalt, “yashil” iqtisodiyot va iqlim o‘zgarishiga oid 120 ta startap loyihalari saralab olingan. Tanlovga jami 7000 nafar qiz tanlab olingan. Bu yil kamida 50 ming qiz loyiha bilan qamrab olinadi.

Venchur moliyalashtirish

Bundan tashqari, apitalt venchur moliyalashtirish miqdori 145 million dollardan 1 milliard dollargacha oshirilishini ma’lum qildi. Endi bu ish maktablardan boshlanadi: o‘quvchilar uchun “Mohirlik va biznes soati” fani joriy etiladi, ularning g‘oyalarini startapga aylantirish uchun 100 milliard so‘m grant ajratiladi.

Har yili oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida “Eng yaxshi ijodiy g‘oya” tanlovi o‘tkaziladi va g‘oliblar universitet jamg‘armalari hisobidan 300 million so‘mgacha grant oladi.

Startapni prototipga aylantirish va uni sinovdan o‘tkazish uchun Innovatsion rivojlanish agentligi va IT park Ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar markazi (R&D markazi) ochadi.

Shu bilan birga, eng yaxshi loyihalar prototipini yaratish uchun 50 ming dollargacha bo‘lgan xarajatlar Yoshlar venchur jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.

Har yili investorlar, yirik kompaniyalar va startap tashabbuskorlari ishtirokida “Startup Expo” bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Gazeta Markaziy Osiyo va O‘zbekistondagi venchur apital bozori tadqiqotining asosiy tezislarini keltirgan edi.

gazeta.uz


Sarlavxa :
Iqtisodiyot

01 07 2025 / 14:42