Prezidentimizning mojaro va nizolarni diplomatiya va konstruktiv
muzokaralar yo‘li bilan hal etishga alohida e’tibor qaratgani mamlakatimizning
tinchliksevar tashqi siyosatining amaldagi ifodasi ekani qayd etildi.
Davlatimiz rahbarining “Iqtisodiy hamkorlikning strategik maqsadlari –
2035” konsepsiyasini qabul qilish, Toshkent shahrida savdo vazirlarining
uchrashuvini o‘tkazish, “yashil yo‘laklar” tizimini yaratish, “Ekoinvest”
dasturini qabul qilish, Raqamli transport va bojxona idorasini tashkil etishni
tezlashtirish takliflari halqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat
qilishi ta’kidlandi. Deputatlar sammitda ilgari surilgan tashabbuslar IHT
faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishini e’tirof etishdi.
Kun taritbidagi navbatdagi masala — “Davlat mulkini xususiylashtirish
sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim
qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun
loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Muhokamalar jarayonida
fraksiya a’zolari bo‘sh turgan va samarasiz foydalanilayotgan, shu jumladan
davlat ishtirokidagi korxonalarning nosohaviy aktivlarini xususiy sektorga
berishni jadallashtirish maqsadida davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlari
soddalashtiriliyotganligi, to‘siqlar bartaraf etilayotganligi, tadbirkorlarga
qo‘shimcha yengilliklar berilayotganligini e’tirof etishdi.
Qonun loyihasi bilan davlat
ko‘chmas mulk obyektini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olgan
tadbirkorga mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashda yengilliklar berilayotgani
qo‘llab-quvvatlandi.
Deputatlarning fikricha,
qonun loyihasi mamlakatimizda jozibador investitsiya muhitini yaratishga,
tadbirkorlik subyektlari uchun soliq yukining kamayishiga, davlat mulkini xususiylashtirish
sohasini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Qizg‘in muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi ma’qullandi.
O‘zLiDeP saytidan
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
08 07 2025 / 10:49