Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Partiya etakchisi Furqat tumanida “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimi faoliyatini o‘rgandi



Ulashing :


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, OʼzLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Haitov tadbirkorlik sub’ektlari, fermer xo‘jaliklari va tomorqa egalarining faoliyati bilan tanishish, ularga amaliy ko‘mak berish va Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishlarida tadbirkorlarga yaratilayotgan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar berish, joylarda “mahallabay” tizimida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Farg‘ona viloyatida bo‘ldi.

Dastavval Furqat tumani hokimligida fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlantirish, tomorqadan samarali foydalanish, o‘zlashtirilmagan erlarni o‘zlashtirish masalalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Tuman hokimi Jahongir Jumanovning e’tirof etishicha, bugungi kunda tumanda 119 ming 300 nafar aholi istiqomat qiladi. Shulardan “temir daftar”ga 271 nafar, “yoshlar daftari”ga 642 nafar, “ayollar daftari”ga 17 nafar fuqaro kiritilgan. Bugungi kunda bu fuqarolarni ushbu daftarlardan chiqarish maqsadida imtiyozli kreditlar berish, koopersiyalardan er maydonlari ajratish, tikuv mashinalari, motokultuvator va ekinlarni dorilash moslamalari berilishi hisobiga ularning bandligi ta’minlanayotganligi alohida e’tirof etildi.

Shundan so‘ng Aktam Haitov tumandagi tadbirkorlik sub’ektlari va tomorqachilik borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Shohsulton To‘xtamatov,

O'zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi

matbuot kotibi


Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy

21 05 2021 / 14:52