Sugʻurta operatsiyalarining shaffofligi va nazoratini
oshirish maqsadida barcha turdagi sugʻurta va qayta sugʻurtalash
shartnomalarini Yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimida (YaAAT) majburiy roʻyхatdan oʻtkazish
joriy etildi. Shuningdek, 2025 yil 1 avgustdan boshlab sugʻurta polislarini
rasmiylashtirish faqat ushbu tizim orqali amalga oshiriladi.
Raqamlashtirish sohasidagi operatorni (keyingi
oʻrinlarda — Operator) aniqlash vazifasi Istiqbolli loyihalar milliy
agentligiga (ILMA) topshirildi. Operatorning asosiy vazifalari qatoriga
shartnomalarni roʻyхatdan
oʻtkazish, markazlashtirilgan rasmiylashtirish, saqlash, uzatish va YaAAT
orqali sugʻurta polislarini hisobga olish kiradi.
2025 yil 1 avgustdan boshlab, har bir sugʻurta
polisini YaAAT orqali rasmiylashtirish, saqlash va uzatish uchun bazaviy
hisoblash miqdorining (BHM) 1 foizigacha boʻlgan toʻlov joriy etiladi. Bu
tizimning barqaror moliyalashtirilishini ta’minlaydi.
Raqamlashtirishning keyingi bosqichi sifatida, 2026
yil 1 apreldan YaAAT orqali rasmiylashtirilgan sugʻurta mukofotlari boʻyicha
toʻlovlarni markazlashtirilgan hisobga olish uchun Yagona sugʻurta billing
tizimi joriy etiladi. Billing tizimini ishlab chiqish, joriy etish, teхnik
qoʻllab-quvvatlash va takomillashtirish uchun mas’uliyat Operator zimmasiga
yuklanadi. Tizimdan foydalanish huquqi Operatorga hamda sugʻurta
tashkilotlariga shartnoma asosida beriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.07.2025 yildan kuchga
kirgan.
Saodat
Usmonova
Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/sugurta_bozorini_raqamlashtirish_va_rivojlantirish_qanday_amalga_oshiriladi
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
28 07 2025 / 15:50