05.08.2025
Suv kodeksi 30.07.2025
yildagi OʻRQ-1076-sonli Qonun bilan
tasdiqlangan va suv resurslarini boshqarishning asosiy tamoyillarini
belgilaydi.
Suv kodeksi suv, suv ob’yektlari va suv хoʻjaligi
inshootlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bogʻliq
munosabatlarni tartibga soladi. U aholi, iqtisodiyot va ekotizimlarni barqaror
suv ta’minoti bilan ta’minlash, shuningdek, suv resurslarini saqlash va
tiklashga qaratilgan.
Kodeks suv resurslarini boshqarish tamoyillarini iqlim oʻzgarishi
shartlarini inobatga olgan holda belgilaydi. Bu oqilona rejalashtirish, suv
ob’yektlarining ifloslanishi, kamayishi va yoʻq qilinishning oldini olish,
shuningdek suvning salbiy ta’sirini, masalan, toshqinlar, botqoqlanish va shoʻrlanishni
kamaytirishni oʻz ichiga oladi.
Hujjatda aholini kafolatlangan sifatli ichimlik va хoʻjalik-maishiy suvi bilan ta’minlash, sanitariya хavfsizligini ta’minlash va sogʻliqni muhofaza qilish masalalariga
alohida e’tibor qaratilgan. Suv ob’yektlaridan foydalanishda ularni muhofaza
qilish, suv ekotizimlarini saqlash va suv munosabatlari sub’yektlarining teng
huquqlarini ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangan.
Kodeksda suv ob’yektlari
tushunchasi joriy etilgan va ular yer yuzidagi (daryolar, koʻllar, kanallar) va
yer ostidagi (suv qavatlari, manbalar) deb tasniflanadi. Bu ob’yektlar yakka
tartibda yoki umumiy ravishda foydalanilishi mumkin, ammo har qanday foydalanish
ekologik va sanitariya talablariga muvofiq boʻlishi shart.
Suv resurslari strategik
tabiiy resurs sifatida qaraladi va ularni boshqarish ochiq, ilmiy asoslangan
hamda jamoatchilik ishtirokini ta’minlovchi boʻlishi lozim. Qonun barcha
turdagi suvlarni (yer yuzi, yer osti, qayta qaytarilgan suvlar)
integratsiyalashgan holda boshqarish, shuningdek havza va hududiy tamoyillar
asosida tartibga solish zarurligini ta’kidlaydi.
Suv kodeksi suv
munosabatlarida ishtirok etuvchi barcha sub’yektlarning – davlat organlari
va suv yetkazib beruvchi tashkilotlardan tortib, yakka tartibdagi suv
foydalanuvchilar va mahalliy jamoalargacha – huquq va majburiyatlarini
belgilaydi. Suv qonunchiligini buzish orqali yetkazilgan zararni qoplash va suv
хoʻjaligida ilmiy-tadqiqot hamda innovatsion ishlanmalarni ragʻbatlantirish
zarurligi alohida ta’kidlangan.
Hujjat
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.10.2025
yildan kuchga kiradi.
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
05 08 2025 / 16:19