4 avgust kuni
O‘zbekiston prezidenti mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimiga
oid farmon imzoladi. Bandlik
vazirligi matbuot xizmati Kun.uz'ga farmondagi muhim yangiliklar haqida
ma’lumot berdi.
Hujjatga
ko‘ra, 2025 yil 1 sentabrdan boshlab:
·
50 nafargacha
xodimi bo‘lgan xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohasida
faoliyat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga biometrik
identifikatsiya qilish (Face-ID) orqali elektron mehnat shartnomalarini
tuzish va bekor qilishni rasmiylashtirish huquqi beriladi;
·
bo‘sh ish
o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi hisobotlarni majburiy taqdim
etish tartibi bekor qilinadi;
·
bo‘sh ish
o‘rinlariga mehnat organlari tomonidan yuboriladigan shaxslarni ishga qabul
qilmaganlik uchun javobgarlik bekor qilinadi;
·
ish o‘rinlarini
zaxiralash tizimi xodimlar soni 100 nafardan ortiq korxona va
tashkilotlarga nisbatan tatbiq etiladi;
·
ish o‘rinlarini
zaxiralash tizimi faqat nogironligi
bo‘lgan shaxslar hamda oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan
jabrlangan shaxslar uchun tatbiq etiladi; budjet tashkilotlari hamda
davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan korxonalar uchun zaxiralashning
amaldagi tizimi saqlab qolinadi.
2025 yil 1
avgustdan boshlab davlat mehnat
inspektorlari tomonidan
o‘tkaziladigan
tekshiruvlar bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilish tartibi bekor qilindi.
2025 yil 1
oktyabrdan boshlab norasmiy bandlikka yo‘l
qo‘ygan ish beruvchilarga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari
kuchaytiriladi.
2025 yil 1
noyabrdan boshlab doimiy ishga ega bo‘lgan hamda
malakasini oshirish istagidagi shaxslarga qo‘shimcha ta’lim olishi uchun “kasb
vaucheri” joriy etiladi. “Kasb vaucheri” ssuda ko‘rinishida beriladi. Shaxs o‘qishni tugatib
sertifikat olgach, ishga joylashganidan so‘ng, ssudani 2 yil davomida
qaytaradi.
2025 yil 1
noyabrdan boshlab ishsizlik nafaqasini to‘lash
shartlari qat’iylashadi. Ishsiz qolgan fuqaro bu nafaqani olish uchun so‘nggi 5 yilda kamida 18 oy
ishlagan bo‘lishi va oxirgi ish joyidan bo‘shaganidan keyin 6 oy ichida
murojaat qilishi kerak. Nafaqa 3 oy davomida to‘lanadi.
2026 yil 1
yanvardan boshlab YaMMT orqali qayd
etilgan mehnat qonunchiligi buzilishini ish beruvchi ishtirokisiz ko‘rib
chiqish hamda qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha elektron ma’muriy qaror qabul
qilish tizimi joriy etiladi.
2026 yil 1
martga qadar kasb-hunarga o‘qitish
bosqichma-bosqich uch bosqichli (videodarsliklar, kasbga o‘qitish va malaka
oshirish) tizimga o‘tkaziladi. Nazariy bosqichni o‘zlashtirgan va testdan o‘ta
olgan tinglovchilargina amaliy o‘quv bosqichiga o‘tkaziladi.
norma.uz
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
11 08 2025 / 14:52