Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi tomonidan “Tadbirkorlik va kichik biznes faoliyati asoslari” mavzusida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti onlayn tarzida o‘tkazildi



Ulashing :


2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident farmoni hamda Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasida aholining band bo‘lmagan qatlamlarini tadbirkorlikka yo‘naltirish, ularni o‘qitish va qayta tayyorlash hamda foydali mehnatga jalb qilish dolzarb vazifa sifatida ko‘tarilgan. Respublikamizning barcha hududlarida o‘quv mashg‘ulotlari asosan “Ayollar” va “Yoshlar” “Temir daftarlari”ga kiritilgan ishsiz fuqarolarni qamrab olish, tadbirkorlikka kengroq jalb etish, shu orqali o‘zini-o‘zi band qilish, o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan yigit-qizlar uchun xususiy tadbirkorlik va kichik biznes faoliyati, biznes-reja tuzish, korxona tashkil qilish, ularning moliyaviy faoliyati va iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llarini o‘rgatish maqsadida tashkil qilinmoqda.

Joriy yilning 26 may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus Olimpiya zaxiralari kolleji majlislar zalida O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi va Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal - demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi bilan hamkorlikda “Tadbirkorlik va kichik biznes faoliyati asoslari” bo‘yicha navbatdagi o‘quv mashg‘uloti onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulotni O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi apparat rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Sh.Otemisov ochdi va olib bordi. Unda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi vakillari, partiyaning Xorazm viloyati Kengashi xodimlari, har bir hududdan 10 nafardan “Ayollar” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va yoshlar ishtirok etdi.

Mashg‘ulotda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi «Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali» boshlig‘i G.Rzaeva va bo‘lim mudiri A.O‘rinbaev, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Biznes reja tuzishga ko‘maklashish» sektori rahbari B.Qutlimuratovlar tadbirkorlik faoliyati asoslari, mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida qabul qilingan qaror va farmonlarning ahamiyati, tadbirkorlikning o‘ziga xos sirlari, biznesni boshlashda ko‘proq nimalarga e’tibor qaratish kerakligi, biznes reja tuzish bo‘yicha slaydlar orqali atroflicha ma’lumotlar berildi. ZOOM programmasi orqali yaqin Xorazm viloyati shahar va tumanlaridagi ayollar va yosh yigit-qizlar ham mashg‘ulotlarning ishtirokchilari bo‘lishdi.

O’zLiDeP Siyosiy kengashi Press klubida esa Toshkent shahrida o‘z tadbirkorligini ochish niyatidagi bo‘lg‘usi tadbirkorlar o‘quv mashg‘ulotlarini diqqat bilan kuzatishdi.

Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarning tadbirkorlikka oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli soha vakillari atroflicha javoblar berishdi.

Ma’lumot o‘rnida: o‘quv mashg‘ulotlari joriy yilning may oyidan iyun oyiga qadar bir oy davom etadi.

M.Axnazarova

O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi rahbari





Sarlavxa :
Markaz faoliyatiga oid

27 05 2021 / 16:59