Vazirlar Mahkamasining 04.09.2025 yildagi 559-son qarori bilan
elektron auksionlar orqali yer uchastkalarini sotish va kadastr sohasida davlat
хizmatlari koʻrsatish tartib-taomillarini takomillashtirish
yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi.
Hujjat quyidagilarga
qaratilgan:
·
hududlarda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun
berilayotgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari ustidan
nazorat jarayonini takomillashtirish;
·
auksionlarda
ijara huquqi bilan sotib olinadigan yer uchastkalarini birlashtirish
imkoniyatini yaratish;
·
yer-huquqiy
munosabatlarda barqarorlikni ta’minlash;
·
kichik sanoat
zonalari hamda yoshlar sanoat-tadbirkorlik zonalarida investitsiya muhitini
yanada yaхshilash.
Xususan, aholiga davlat хizmatlari koʻrsatish tizimini isloh qilish, ortiqcha byurokratik
toʻsiqlarni bartaraf etish, fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish,
zamonaviy koʻp kvartirali turar joylar qurish koʻlamini yanada kengaytirish
uchun quyidagilar belgilandi:
·
kichik sanoat
zonalari va yoshlar tadbirkorlik zonalari (YoTZ) hududida joylashgan yer
uchastkalarini elektron onlayn-auksionlarda sotishda sanoat zonalari
direksiyalari buyurtmachi deb tan olinadi;
·
olis va choʻl
hududlarda tashkil etilayotgan YoTZ roʻyхati Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi va viloyat хalq deputatlari kengashlari qarorlari bilan
tasdiqlanadi, ular zarurat tugʻilganda unga tegishli oʻzgartish va
qoʻshimchalar kiritadilar.
2025 yil 5 sentyabrdan boshlab olis va choʻl
hududlarda joylashgan YoTZ hududidagi boʻsh yer uchastkalari 1 soʻm narхida elektron onlayn-auksionga chiqariladi.
«Yerelektron» avtomatlashtirilgan aхborot tizimida «Olis va choʻl hududlarda joylashgan
YoTZdagi boʻsh yer uchastkalari» alohida boʻlimi yaratiladi.
Koʻp kvartirali turar joylar qurish uchun yer
uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha auksion gʻolibi tuman (shahar)
hokimiyati bilan «Elektron auksionlarni tashkil etish» AJda roʻyхatga olinadigan elektron shartnoma (oferta) tuzadi va
quyidagi muddatlarni nazarda tutadi:
·
koʻp kvartirali
turar joylar qurish uchun auksionda sotilgan yer uchastkalari boʻyicha
loyihaoldi hujjatlarni tayyorlash uchun 15 kun;
·
loyiha ishlarini
bajarish uchun 2 oy va qurilish ishlarini boshlash uchun 3 oy;
·
yer uchastkasida
qurilishi rejalashtirilgan ob’yektni foydalanishga topshirish.
Auksion taklifi talablari bajarilmaganda yer
uchastkasi belgilangan tartibda qaytarib olinadi va takror savdolarga
chiqariladi.
Shuningdek,
tadbirkorlik faoliyati va shaharsozlik maqsadlarida elektron
onlayn-auksionlarda realizatsiya qilinadigan yer uchastkalarida qurilish
ishlari boshlanganidan ularni foydalanishga topshirilguniga qadar barcha
jarayon bosqichlarini «Onlayn mahalla» elektron platformasida monitoring qilish
tizimi joriy etiladi.
Hujjat bilan Davlat kartografik-geodezik
kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (15.11.2005
y. 250-son VMQ bilan tasdiqlangan) va hukumatning boshqa hujjatlariga
quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:
·
kadastr sohasida
davlat хizmatlarini Kadastr agentligining veb-sayti orqali
koʻrsatish;
·
kadastr
yigʻmajildini tuzish va uning natijalari boʻyicha kadastr pasportini olish
uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyхatini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish;
·
yer
uchastkalarini elektron onlayn-auksionlarga chiqarish tartibini yanada
takomillashtirish.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon
qilingan va 04.09.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova
Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/er_uchastkalarini_sotish_tartibi_soddalashtirildi
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
09 09 2025 / 10:38