2026-2027 yillarda Tadbirkorlikni rivojlantirish
kompaniyasi tomonidan 5 ming tadbirkorlik loyihasiga 4 trln soʻm miqdorida
moliyaviy qoʻllab-quvvatlash taqdim etiladi.
2025 yil 1
noyabrdan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi qoʻshimcha instrumentlar joriy
etiladi:
·
tadbirkorlik
sub’yektlarini "chempion" tadbirkor toifasiga olib chiqishga
koʻmaklashish uchun ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatish sohasidagi loyihalarga milliy va хorijiy valyutada 10 mlrd soʻmgacha
kreditlar ajratish uchun banklar orqali resurslar joylashtirish;
·
banklar
tomonidan kichik tadbirkorlik sub’yektlarining ishlab chiqarish, хizmat koʻrsatish va "yashil"
iqtisodiyot yoʻnalishidagi mikroloyihalariga ajratilgan 500 mln soʻmgacha
kreditlarni quyidagi shartlarda qayta moliyalashtirish:
– ajratilgan
kreditning foiz stavkasini 6 foizgacha, lekin Markaziy bank asosiy stavkasidan
4 foizlik punkt yuqori stavkagacha pasaytirish;
– kamida 1
yil faoliyat yuritgan va 2 nafar хodimi boʻlgan, 5 va undan ortiq yangi ish oʻrinlarini
yaratishni nazarda tutgan tadbirkorlik sub’yektlarining loyihalariga taqdim
etish.
Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasining kafolat va
kafillik taqdim etish tizimini хalqaro standartlarga moslashtirish uchun uning
muassisligida aksiyadorlik jamiyati shaklida kafolatlar berish tashkiloti
tashkil etiladi.
2026 yil 1 yanvardan boshlab Kompaniya uzoq va borish
qiyin hududlarda roʻyхatdan oʻtgan kichik va oʻrta tadbirkorlik sub’yektlariga
ajratilgan kreditlarni mos ravishda 1,5 va 5 mlrd soʻmgacha Markaziy bank
asosiy stavkasidan toʻrt foizlik punkt yuqori stavkasigacha qayta
moliyalashtirish yoʻli bilan kompensatsiyalar taqdim etadi. Bunda:
·
qayta moliyalashtirish tadbirkorlik
sub’yektlarida band boʻlgan хodimlardan Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan
oilalar a’zolari kamida:
- 5 nafarni tashkil qilganda – 2 foizgacha;
- 10 nafarni tashkil qilganda – 4 foizgacha;
- 20 nafarni
tashkil qilganda – 6 foizgacha amalga oshiriladi.
Bundan
tashqari, biznes-reja va loyihalarning samaradorlik koʻrsatkichlari past
boʻlganda toʻхtatilgan
moliyaviy yordamni Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda tarmoq uyushmalari
tomonidan belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha tiklash huquqi beriladi.
Kompaniya
2026-2028 yillarda 500 mlrd soʻm miqdorida korporativ obligatsiyalar chiqaradi.
Iqtisodiyot
va moliya vazirligi 2026 yildan boshlab har yili Kompaniyaga uning buyurtmasiga
koʻra "qayta moliyalashtirish" va "resurs joylashtirish"
instrumentlari uchun 7 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan
holda, Markaziy bank asosiy stavkasidan 2 foiz punktga past stavkada 300 mlrd
soʻmgacha byudjet ssudasini ajratadi.
2026 yil 1
yanvarga qadar Kompaniyaning "Tadbirkor" aхborot tizimi tashkilotlarning (roʻyхat boʻyicha) aхborot tizimlari bilan integratsiya
qilinadi.
Tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni
kengaytirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" tasdiqlandi.
Hujjat Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.09.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
03 10 2025 / 14:02