Vazirlar Mahkamasining 30.09.2025 yildagi 612-son qarori bilan “Kambagʻal oilalar reyestri”ga
kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom
tasdiqlandi.
Hujjat quyidagi tartiblarni belgilaydi:
·
kambagʻal oilalar tomonidan arizalar berish va ularni koʻrib chiqish;
·
arizalarni baholash va ular boʻyicha хulosa chiqarish;
·
tijorat banklari tomonidan kam ta’minlangan oilalarga kreditlar ajratish va
ularning monitoringi.
Biznesni ochish uchun noutbuklar va boshqa asosiy uskunalar, kichik ishlab
chiqarish uskunalari, koʻchma doʻkonlar (fudtraklar), skuterlar, samokatlar va
boshqa mol-mulklarni хarid qilish uchun garovsiz kreditlar Oilaviy
tadbirkorlikni rivojlantirish dasturining yagona elektron platformasi -
"Oilakredit.uz" orqali ajratiladi.
Tijorat banklari tomonidan kambagʻal oilalarga ajratiladigan kreditlar
boʻyicha foiz toʻlovlari Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi
doirasidagi foiz stavkasida hisoblanadi va bu foiz toʻlovlari Davlat
byudjetidan Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasiga
ajratiladigan mablagʻlar hisobidan tijorat banklariga qoplab beriladi.
2025 yilda kambagʻal oilalarga kreditlar ajratish uchun Oilaviy
tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida oldingi yillarda ajratilgan
kreditlarning soʻndirilishi hisobidan 250 mlrd soʻm ajratiladi.
Hujjat
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va
02.10.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova
Toʻliq: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/kambagal_oilalarga_kreditlarni_sundirish_uchun_250_mlrd_sum_ajratiladi
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
03 10 2025 / 14:14