Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Deputat maktabda



Ulashing :



O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Guldana Avezdurdieva O‘zLiDeP YAshnobod tumani Kengashi a’zosi M.Alimov va YAshnobod tumani deputati, “Tong” MFY raisi I.Rasulov hamrohligida YAshnobod tumanidagi 255-sonli maktabga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda maktab direktori D.Jo‘raeva va o‘qituvchilar bilan ta’lim muassasasining faoliyati, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalar muhokama qilindi.

❖ Maktab Koreya universiteti bilan shartnoma tuzgan bo‘lib, o‘quvchilarga koreys tili o‘qitilmoqda. Bitiruvchilarga Koreyada ta’lim olishlari uchun grantlar ajratilishi ko‘rsatib o‘tildi.

❖ O‘quvchi qizlar tomonidan tikuvchilik hunarini o‘rganish yoshlarning kelgusida munosib kasb egasi bo‘lishi uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

Tashrif davomida deputat ta’lim sohasiga davlatimiz tomonidan qaratilgan e’tibor va olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi hamda o‘z taklif-tavsiyalarini bildirdi. Zero yosh avlodning bilimli va salohiyatli bo‘lishi mamlakatimiz kelajagini belgilaydi.

M.YArmuxamedova





Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy

06 10 2025 / 15:25