Bugungi kunda deputatlar xalq ichida yurib, ularning muammolariga
echim izlovchi faol shaxslar sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi deputati Guldana Avezdurdieva YAshnobod tumanidagi “Vatandosh” mahallasida bo‘lib, mahalla
fuqarolar yig‘inida aholi bilan muloqot qildi.
Mahalla raisi SHoxista Masumovaning ma’lum qilishicha,
mazkur hududda 3 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. 17 ta ko‘p qavatli uyning
10 tasi kuz-qish mavsumiga tayyor , tuman obodonlashtirish boshqarmasi va BSK bilan
hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ammo hududda joylashgan 558-MTMdagi 2 ta bino
ta’mirlanmagan. Agar mablag‘ topilsa, atrofdagi mahallalarning 720 nafar bolajonlari
maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinardi (bugungi kunda 420 nafar bola qatnaydi)
SHuningdek, deputatga
mahalladagi talabga javob bermaydigan bolalar maydonchalari ham ko‘rsatildi va tegishli
tashkilotlardan yordam so‘rash lozimligi aytildi.
M.Yаrmuxamedova
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
06 10 2025 / 15:28