“Kreativ
tadbirkor yoshlar” forumi doirasida “YOshlar tadbirkorligi, kreativ iqtisodiyot
va innovatsiya sohalaridagi yutuqlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
o‘tkazildi. Konferensiyada deputatlar, ekspertlar va mutaxassislar tomonidan yoshlarning
tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarni iqtisodiyotga joriy
etish, kreativ iqtisodiyotning milliy modelini shakllantirish kabi dolzarb masalalar
muhokama etildi.
Forum doirasida yana bir nechta amaliy
dasturlar taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Jumladan, “YOsh fermerlar tajriba maktabi”
— qishloq xo‘jaligi sohasida bozorbop mahsulot etishtirish, agrotexnik tadbirlar,
marketing va qayta ishlash jarayonlariga oid amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘rgatishga
qaratilgan intensiv kurs tashkil etildi. Xotin-qizlar uchun “Tadbirkor xotin-qizlar
faoliyatini yo‘lga qo‘yishning muammolari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Bir
so‘z bilan aytganda, “Kreativ tadbirkor yoshlar” forumi yoshlar uchun amaliyotda
o‘z bilim va g‘oyalarini namoyish etish, ilg‘or tajribalar bilan almashish, mutaxassislar
bilan muloqot qilish hamda yangi hamkorlik loyihalarini boshlash uchun samarali
platforma bo‘ldi.
Tadbir yakunlariga ko‘ra, eng faol loyiha
mualliflari va startapchilar maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
O‘zLiDeP saytidan
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
27 10 2025 / 13:00