Vashingtonda o‘tkaziladigan Qo‘shma Shtatlar, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston yetakchilari ishtirokidagi C5+1 sammiti davomida ushbu formatning 10 yilligi ham nishonlanadi, deya xabar bergan “News Central Asia” nashri.
Muallif Tariq Said yozishicha, yetakchilar iqtisodiy barqarorlikdan xavfsizlikkacha, barcha umumiy ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha yakdil fikrni ilgari surishi va umuman har qanday samarali muloqot Markaziy Osiyo taraqqiyotiga xizmat qilishini ta’kidlagan.
– Bu hazilakam tadbir emas, – deb yozadi mualif. – Ma’lumki, Markaziy Osiyoning geografiyasi va tarixi mintaqani Xitoy, Rossiya, Eron, Afg‘oniston kabi yaqin davlatlar bilan tabiiy yaqin munosabatni taqozo etgan. Xususan, “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi infratuzilmaga milliardlab mablag‘ sarfladi, Rossiyaning energetika va xavfsizlik bilan bog‘liq loyihalari ham hudud rivojida muhim o‘rin tutadi. AQSH siyosatchilarining maqsadi mazkur integratsiya jarayoniga xalaqit
berish emas, balki bu munosabatlarni saqlab qolgan holda Amerika sarmoyasi
uchun ham joy ajratish. Zero, inklyuziv yondashuv AQSH manfaatiga ham xizmat
qiladi. Masalan, texnologiya, energetika va qishloq xo‘jaligi sohasidagi
xususiy sektor gigantlariga Markaziy Osiyoning ulkan salohiyatidan samarali
foydalanish imkonini beradi.
Mintaqaning
“Tolibon” hukumati ostidagi Afg‘onistonga nisbatan pragmatik siyosatini
olaylik. Markaziy Osiyo davlatlari ushbu mamlakat bilan mustahkam iqtisodiy
almashinuvni saqlab qolib, hududga barqaror gumanitar yordam ko‘rsatmoqda.
Bunday muvozanatli strategiya chegara ortidan giyohvand moddalarning ehtimoliy
toshqini, ekstremizm yoki terrorizm tarqalishini to‘xtatishga yordam berdi.
Demak, mintaqaviy barqarorlik kaliti ihotalash emas, balki jalb qilishda ekani
ayon.
Amerikaning haqiqiy kuchi xususiy
sektorda.Mamlakatshu orqali Eron va Rossiya bozoriga qayta kirishdan ulkan
foyda ko‘radi. Ayni maqsad ro‘yobi uchun ko‘prik vazifasini bajaradigan,
bugungi kunda yanada teran bog‘langan Markaziy Osiyo mazkur
imkoniyatni faqat kengaytiradi, mintaqani Vashington uchun yanada kuchli,
ishonchli hamkorga aylantiradi.
Tramp
ma’muriyatining moslashuvchanligi so‘nggi payt Pusan sulhidan tortib, keng
ko‘lamli diplomatik burilishgacha to‘liq namoyon bo‘ldi. C5+1 muzokarasi bu
jarayonga uyg‘unlashishidan umid bor.
Xavfsizlik va iqtisodiy masalalar
kun tartibida yetakchi o‘rinni egallashi, muhim foydali qazilmalar hamkorlik
uchun asosiy yo‘nalish sifatida ilgari surilishi kutilyapti.
Resurslar va yo‘nalishlardan tashqari, sammit suvdan foydalanish va iqlim
barqarorligi kabi umumiy dolzarb muammolarni hal qilishi mumkin. Orol dengizi
qurishi ekologiya muammolari haddan oshib ketayotganini yaqqol eslatadi. Bu borada Amerikaning yashil texnologiya sohasidagi tajribasi mintaqaviy
sa’y-harakatlar bilan mos kelishi tayin.
Markaziy
Osiyoning ko‘p qirrali diplomatiyasini tan olish, kuchlarni begonalashtirmasdan
muvozanatlash orqali AQSH global barqarorlikni ta’minlash, farovonlikni
oshirishga hissa qo‘shadi.
Vashingtondagi
sammit shunchaki uchrashuv emas, balki yanada chuqur hamkorlikka asoslangan
dunyo tartibida burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin.
O‘.Alimov, O‘zA
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
05 11 2025 / 12:46