Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Yаngi qaror: Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlarga imtiyozli kredit beriladi va banklar ularning bandligini ta’minlashga mas’ul etib belgilandi!



Ulashing :


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ–328-sonli qarori bilan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim joriy etildi.

Endi oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini ishga qabul qilgan tadbirkorlar 7 yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kreditlar olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Imtiyozli kreditlar shartlari:

Kreditlar Markaziy bankning asosiy stavkasiga 4 foizlik punkt qo‘shilgan stavkada beriladi;

Har bir 1 milliard so‘m kredit uchun kamida 1 nafar bitiruvchi ishga qabul qilinishi talab etiladi;

Kredit ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi loyihalarga ajratiladi;

Agar ishga olingan bitiruvchi ikki yil ichida ishdan bo‘shasa, kredit foizi tijorat stavkasiga o‘zgartiriladi (bir oy ichida boshqa bitiruvchi ishga olinsa, imtiyoz saqlanadi).

Amaliyot va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash:

Oliy ta’lim muassasasi, ish beruvchi va talaba o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi;

Har oyda talabaga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha to‘lov amalga oshiriladi;

Zarur hollarda chet eldagi qisqa kurslarda ishtirok uchun BHMning 50 baravarigacha mablag‘ ajratiladi;

Eng yaxshi startap va innovatsion loyihalar g‘oliblariga 1 milliard so‘mgacha grant beriladi.

Shart: g‘olib tadbirkor kamida 2 nafar bitiruvchini ishga olishi lozim (https://t.me/bankxabar/8026).

Prezident qaroriga ko‘ra, 30 ming nafar bitiruvchining bandligini ta’minlash vazifasi quyidagi banklar zimmasiga yuklatildi:

O‘zmilliybank – 6 000 nafar bitiruvchi;

O‘zsanoatqurilishbank – 3 600 nafar bitiruvchi;

Asakabank – 3 600 nafar bitiruvchi;

Xalq banki – 3 600 nafar bitiruvchi;

Mikrokreditbank – 3 600 nafar bitiruvchi;

Agrobank – 3 600 nafar bitiruvchi;

Turonbank – 3 000 nafar bitiruvchi;

Biznesni rivojlantirish banki – 3 000 nafar bitiruvchi.

Umumiy hisobda, mazkur dastur orqali 100 million AQSH dollari miqdoridagi resurs ajratilib, 30 000 nafar yosh bitiruvchi ish bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

https://t.me/bankxabar


Sarlavxa :
Iqtisodiyot

05 11 2025 / 14:59