Qoraqalpog‘istondagi “Barsakelmes” tuz koni hududida
chegaralarda tuzni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan Kungrad Salt Free Zone
sanoat zonasi tashkil etiladi. 2030-yilgacha jami 200 mln dollar investitsiya
hisobiga konning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish rejalashtirilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tuzni qayta ishlashni rivojlantirishga
qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul
qilindi. Hujjatdan maqsad — “Barsakelmes” tuz konining mavjud imkoniyatlaridan
samarali foydalanish.
Qarorga ko‘ra, “Barsakelmes” tuz konida 2026-yilda kamida 50 mln dollar
miqdoridagi investitsiya o‘zlashtiriladi. Shuningdek, 2026−2030-yillarda jami 200
mln dollar miqdoridagi investitsiyalar jalb qilinadi.
Konda qo‘shimcha
infratuzilma tashkil etish orqali tuzni qayta ishlash uchun qulay sharoit
yaratish, dunyo bozoridagi yirik investorlarni jalb qilib, yangi eksport
bozorlarini o‘zlashtirish ko‘zla tutilgan.
Qo‘ng‘irot
tumanidagi “Barsakelmes” tuz koni hududida (“Ustyurt” ovul fuqarolar
yig‘inidan) chegaralarda tuzni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan Kungrad Salt
Free Zone sanoat zonasi tashkil etiladi. Yil
so‘nggigacha sanoat zonasining bosh rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash
topshirildi.
2025−2026-yillarda 50 gektar yer uchastkasida investitsiya loyihalari
amalga oshiriladi, kelgusi yillarda zaruratdan kelib chiqib, sanoat zonasi
hududi 200 gektargacha kengaytirib boriladi.
Sanoat zonasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishni boshlagan
tadbirkorlarga 5 yil muddatga “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi
maqomi beriladi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda mavjud tuz zaxiralarini va istiqbolli
tuz konlarini aniqlash va o‘zlashtirish maqsad qilingan. Bunda istiqbolli tuz
konlari aniqlanib, ular haqidagi ma’lumotlar ochiq ma’lumotlar portaliga
joylashtiriladi.
gazeta.uz
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
06 11 2025 / 10:29