O‘zbekiston Milliy
matbuot markazida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan
brifing tashkil etildi. Unda bankning 2025 yildagi faoliyati asosiy
ko‘rsatkichlari va erishilgan iqtisodiy natijalari haqida axborot berildi.
Bank Axborot xizmati rahbari Shuhrat Oripovning
qayd etishicha, 2026
yilning 1 yanvar holatiga “Biznesni rivojlantirish banki”ning umumiy kapitali 5 trln 269
mlrd 400 mln so‘mni tashkil etgan. Ya’ni
bank kapitali 974 mlrd so‘mga yoki 22,7 foizga
o‘sgan.
Bankning jami aktivlari esa 38 trln 167
mlrd 731 mln so‘mga yetdi. Jami aktivlar o‘tgan yilga
nisbatan 6 trln 34 mlrd so‘mga
oshdi. Bu 18,8 foizga o‘sishni anglatadi.
Biznesni rivojlantirish bankining daromad keltiruvchi
aktivlari 32 trln 184 mlrd 800 mln so‘mga
yetdi. Daromad keltiruvchi aktivlari o‘tgan yilga nisbatan 5
trln 382 mlrd so‘mga oshdi yoki 20,1 foizga o‘sish kuzatildi. Ushbu aktivlarning
bank jami aktivlaridagi ulushi 84,3 foizini tashkil qildi.
Bankdagi banklararo
depozitlari qoldig‘i 4 trln
417 mlrd 500 mln so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 1
trln 32 mlrd 200 mln so‘mga oshdi. Yoki 30,5 foiz o‘sishga erishilgan.
Brifingda
ta’kidlanganidek, 2026 yilning 1 yanvar holatiga, Biznesni
rivojlantirish bankining kredit qo‘yilmalari 24 trln 551 mlrd 958 mln
so‘mga yetgan. Bu borada o‘tgan
yilga nisbatan 2 trln 25 mlrd 327 mln so‘mga yoki 8,9 foizga
o‘sishga erishilgan.
Bankdagi depozit baza 15 trln 241 mlrd 200
mln so‘mni tashkil etdi. O‘tgan
yilga nisbatan 4 trln 476 mlrd 300 mln so‘mga oshdi. Bu 41,6 foizga o‘sish
demakdir.
O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha bankning jami mijozlari
soni 1 mln 865 ming 608 nafardan oshdi.
Brifingda bank tomonidan biznes rivojiga
yo‘naltirilgan moliyaviy sarmoyalar haqida ham axborot berildi. “Kichik
biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida 7 601 nafar
tadbirkorga 820 mlrd so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilgan. Buning natijasida
7 809 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Bankga biriktirilgan 610 ta mahallada jami 5 trln 215
mlrd so‘m kredit ajratilib, 262 ming 293 nafar aholi bandligi ta’minlandi.
Shundan 97 ming 328 nafari doimiy ishga joylashtirildi va 164 ming 965 nafari tadbirkorlikka
jalb qilindi.
Xususan, “Sayxunobod tajribasi” asosida xonadonbay
ishlash tizimi orqali har bir mahalladagi xonadonlarga jami 6 689 ta moliyaviy
paketlar, shu jumladan, 28 ming 12 ta mikroloyiha amalga oshirilib, 704 mlrd
so‘m kredit ajratildi. Natijada 57 604 nafar aholi bandligi ta’minlandi.
“Uychi tajribasi” asosida 1 368 ta uchrashuv
o‘tkazilib, 5 620 ta murojaat ko‘rib chiqildi va hal qilindi. Buning
natijasida 8 688 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
2025 yilda xotin-qizlar tadbirkorligini
qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ayol tadbirkor” kredit mahsuloti orqali
1 530 nafar tadbirkor ayolga 192 mlrd 400 mln so‘m kredit
mablag‘lari ajratildi. Buning natijasida 2 300 ta yangi ish o‘rni vujudga
keldi.
Umuman olganda 2025 yilda “Biznesni
rivojlantirish banki” tomonidan 10 trln 380 mlrd so‘m kredit ajratilgan.
Brifingda bank kelgusida ham
zamonaviy xizmatlarni ko‘rsatish, kichik biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash
orqali xalqimiz va mijozlar ishonchini qozonishga intilishi ta’kidlandi.
UzAdan olindi
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
26 01 2026 / 10:44