Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Mahallalarda tadbirkorlikni boshlash uchun 50 mln so‘mgacha garovsiz mablag‘ ajratiladi



Ulashing :


Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida mahallalar kesimida bir qator yo‘nalishlarga garov ta’minotisiz ajratiladigan kreditlar limiti oshirildi, shuningdek kredit hisobiga tovar va xizmatlarni oldindan yetkazib berish talabi bekor qilindi.

Dastur doirasida:

· mahallalarda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan fuqarolarga (o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga) garovsiz kreditlar miqdori 50 mln so‘mgacha oshiriladi;

· chorvachilikka ixtisoslashgan mahallalarda import qilingan va sertifikatlangan naslli chorva mollari xaridi hamda tuyachilik uchun kredit miqdori 100 mln so‘mgacha oshiriladi;

· turizm salohiyati yuqori bo‘lgan mahallalarda uy mehmonxonalarini tashkil qilish, shuningdek ixtisoslashuvi 50 foizdan yuqori mahallalarda mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash uchun minitexnologiyalar sotib olishga 150 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi;

· ajratiladigan kreditlar hisobiga tovar va xizmatlarni oldindan yetkazib berish talabi bekor qilinadi.

Shuningdek, 2026 yil 1 martdan tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan “mahalla loyihasi” dasturi doirasida mahallalar ixtisoslashuvini chuqurlashtirish bo‘yicha ajratiladigan kreditlar foiz stavkasining bir qismiga quyidagicha kompensatsiya taqdim etiladi:

· mahsulot yetishtirishga qaratilgan loyihalar bo‘yicha — foiz stavkasining 4 foizlik punkti;

· qo‘shimcha qiymat yaratadigan qayta ishlash loyihalari bo‘yicha — foiz stavkasining 6 foizlik punkti.

О.Матназаров, кун.уз


Sarlavxa :
Iqtisodiyot

11 02 2026 / 12:06