4-aprel kuni “Mahalliy ishlab chiqarish
va sanoat kooperatsiyasini yangi tizim asosida rivojlantirish bo‘yicha
birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni
[PF-17-son] qabul
qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan boshlab budjet
buyurtmachilarining davlat xaridlari doirasida chet ellik yetkazib beruvchilar
bilan bir qatorda mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etganda ularga
nisbatan taklif etilgan eng past import tovarlarining narxidan quyidagi
miqdorlarda narx
preferensiyasi beriladi:
·
3ta
va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz;
·
2ta
mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz;
·
1
ta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz miqdorida.
Shuningdek, Sanoat kooperatsiyasi va davlat
xaridlari agentligi va Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari
agentligi boshqaruv kengashi tashkil etildi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat
xaridlari sohasidagi vazifa, funksiya va vakolatlari agentlikka
o‘tkaziladi.
2026-yil
1-iyuldan:
·
Agentlik respublika va mintaqa bozorini tahlil qilib, milliy
iqtisodiyotga qo‘shiladigan
qiymat zanjirlarini oshirishga xizmat qiluvchi o‘zlashtirish tavsiya etiladigan
raqobatbardosh mahsulotlar ro‘yxatini sohalar kesimida bosqichma-bosqich
shakllantiradi va e’lon qilib boradi;
·
o‘zlashtirish tavsiya etiladigan raqobatbardosh mahsulotlar
ro‘yxatiga kiritilgan mahsulotlarni o‘zlashtirgan tadbirkorlar bilan
o‘rnatilgan tartibda kafolatli
xarid shartnomalari tuziladi;
·
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini
shakllantirishda mahsulotlarni ishlab chiqarishda yaratilgan qo‘shilgan qiymat
ulushi qo‘shimcha ball beruvchi ko‘rsatkichlarga kiritiladi.
Farmonga ko‘ra, 2027-yil
1-yanvardan:
·
kichik va
o‘rta tadbirkorlik subyektlarining davlat xaridlaridagi ishtirokini
kengaytirish maqsadida davlat xaridlarida xarid predmetini texnologik
zanjirlar, funksional bosqichlar va ish turlari kesimida alohida
lotlarga bo‘lish amaliyoti joriy etiladi;
·
korporativ
buyurtmachilarda “professional
xaridor” sertifikatiga
ega mutaxassislar mavjud bo‘lmagan taqdirda, 2028-yil 1-yanvardan boshlab ular
davlat xaridlarida ishtirok etishi taqiqlanadi.
2026-yil 1-iyuldan vositachi-broker va (yoki)
dilerlarga ishlab chiqaruvchilar bilan shartnoma tuzish orqali ular tomonidan
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni davlat xaridlarida sotish huquqi beriladi.
Farmonga ko‘ra, shuningdek, 2026-yil 1-sentabrdan
davlat xaridlari maxsus axborot portalida xarid qilish tartib-taomillari
ishtirokchisining faoliyatini idoralararo axborot almashinuvi orqali avtomatik
tarzda baholash imkonini beruvchi elektron-skoring
tizimi ishga tushiriladi.
Bunda elektron-skoring tizimi vositasida
ishtirokchilarning davlat xaridlaridagi “yuqori”, “o‘rta”, “past” va “eng
past” ishonchlilik darajalari beriladi.
Yuqoridagilar asosida quyidagi rag‘batlantirish
choralari ko‘riladi:
·
“yuqori”
ishonchlilik darajasiga ega ishtirokchilar uchun zakalat to‘lash talab
etilmaydi;
·
eng
yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida ishtirokchilar tomonidan
taqdim etilgan takliflarga ishonchlilik darajasiga mutanosib ravishda
qo‘shimcha ball beriladi;
·
davlat
xaridlari sohasida “eng faol tadbirkor” tanlovida davlat xaridlaridagi
ishonchlilik darajasi “yuqori” bo‘lgan davlat xaridlari ishtirokchilarining
nomzodlari qo‘llab-quvvatlanadi.
Shuningdek, avlat xaridlaridagi ishonchlilik darajasi
“past” va “eng past” bo‘lgan ishtirokchilarning:
·
xarid
qilish tartib-taomillarida ishtirok etishiga ruxsat etiladigan davlat
xaridlarining yuqori qiymatiga nisbatan me’yorlar belgilanadi;
·
bepul
onlayn o‘quv kurslari orqali malakasini oshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Gazeta.uz
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
13 02 2026 / 12:32