Bundan tashqari, shu yilning
o‘zida Turkiya bilan 9 milliard, Pokiston bilan 1 milliard 428 million
dollarlik investitsiya bitimlari imzolandi.
Vazirlar, tarmoq rahbarlari yoki hokimlar ushbu loyihalarning paysalga
solinishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Investitsiya ko‘paygani hisobiga
qurilish ham oshadi. Mutasaddilarga bu yilgi qurilish hajmini 400 trillion
so‘mga olib chiqib, sohada kamida 17 foiz o‘sishni ta’minlash topshirildi.
Joriy yilda ijtimoiy va ishlab
chiqarish infratuzilmasi uchun budjetdan 40 trillion so‘m berilmoqda. Bu
qurilish, qurilish materiali, metallurgiya va elektrotexnika korxonalari uchun
katta bozor.
Lekin hududlardagi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari qurilish sifati va samaradorligini nazorat qilishga ulgurmayapti. Shu bois, Qoraqalpog‘iston, Samarqand va
Farg‘onada buyurtmachi xizmatlariga tajriba tariqasida xususiy sektorni jalb
qilish muhimligi ta’kidlandi.
O‘zA
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
16 02 2026 / 11:07