Joriy yilning
16 iyunida O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab – quvvatlash markazi
tomonidan Ispaniya davlati Andalusiya mintaqasi Savdo-sanoat palatasi vakolatxonasi
bilan onlayn tarzda video muloqot o‘tkazildi. Muloqotda O‘zbekiston bo‘yicha vakil
Gavxarxon Xodjaeva tarjimon sifatida tomonlarning
o‘zaro manfaatli aloqalari xususida fikrlarini etkazdi.
Ushbu muloqot
O‘zbekistonda rezavor mevalar ekilishini ko‘paytirish istiqbollari, xususan aholi
tomorqalarida qulupnay, malina etishtirish masalalariga bag‘ishlandi.
Muloqotda
rezavor mahsulotlar etishtirishda Evropa Ittifoqi, xususan Ispaniya tajribasidan
foydalanish, “Viveros California” kompaniyasining ishlab chiqarayotgan mahsulotlari
prezentatsiyasini namoyish qilib, mamlakatimiz mintaqalari er-suv sharoitlaridan
kelib chiqib, o‘zaro hamkorlik qilish ushbu ekinlarni joylashtirish maqsadga muvofiq
ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek,
O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab – quvvatlash markazi va Ispaniya
davlati Andalusiya mintaqasi Savdo-sanoat palatasi vakolatxonasi o‘rtasida o‘zaro
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tadbirkor va fermerlarni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
ishlab chiqarishdagi tajribalari bilan o‘rtoqlashish, Evropa Ittifoqiga qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish istiqbollari bo‘yicha fikr almashindi.
O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab
– quvvatlash markazi