Muhtaram Donald Tramp Janobi Oliylari!
Hurmatli
sammit ishtirokchilari!
Avvalambor,
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp Janobi Oliylariga Tinchlik
Kengashining inauguratsiya majlisini chaqirgani uchun chin dildan
minnatdorchilik izhor etaman.
Hech
shubhasiz, bugungi sammit bu Prezident Trampning siyosiy irodasi va pragmatizmi
natijasidir.
O‘zbekiston
Tinchlik kengashini tuzish bo‘yicha tinchliksevar tashabbusni
qo‘llab-quvvatladi va uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi borasida o‘zining
amaliy ishtirokini qat’iy bayon etdi.
Ishonchim
komil, Kengash ishi G‘azo mintaqasini iqtisodiy va ijtimoiy qayta tiklash uchun
qulay sharoit yaratishga imkon beradi.
Shu bilan
birga, G‘azoning har qanday tashqi boshqaruv mexanizmi sektor aholisining
so‘zsiz ichki qo‘llab-quvvatlashiga tayanishi lozim.
Barcha
tomonlarning muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlari G‘azoni tez fursatda qayta
tiklash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga, mojarodan keyingi
jarayonlarni barqarorlashtirishga xizmat qiladi.
Ta’kidlab aytamanki, O‘zbekiston
ushbu hududda turar joylar, bolalar bog‘chalari, maktab va kasalxonalar barpo
etishga imkon qadar hissa qo‘shishga tayyor.
Hurmatli
do‘stlar!
Ushbu
sammit Donald Tramp nomidagi Tinchlik institutida o‘tkazilayotganida ramziy
ma’no mujassam.
Bizning uchrashuvimiz
xalqaro birdamlik, tinchliksevarlik va Yaqin Sharqdagi vaziyatni yaxshilashga
bo‘lgan umumiy intilishimizning yorqin ifodasidir.
Biz Yangi
G‘azoni – iqtisodiyoti farovon, aholi uchun munosib turmush sharoitlariga ega
bo‘lgan mintaqani barpo etish uchun ushbu tarixiy imkoniyatdan foydalanishimiz
zarur.
E’tiboringiz uchun rahmat.
Уз.А
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
20 02 2026 / 11:25